Aliyev gapini qaytarib oldi: Qoraboğ uruşida Turkiya yordam berganini tan oldi (video)

Olam

−

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ikkinçi Qoraboğ uruşi davomida Turkiya va uning xalqi Ozarbayjonni qöllab-quvvatlaganini aytib, bu yordamni heç qaçon unutmasligini bildirdi. Bu haqda u bugun, 8 noyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida gapirdi.

Aliyevning aytişiça, 44 kunlik uruş davomida Turkiya Ozarbayjonning yonida turgan. Uruşning ilk soatlarida Erdöğanning bildirgan bayonoti va Aliyev bilan telefon orqali suhbati butun dunyoga Turkiya Ozarbayjonni qöllab-quvvatlayotganini körsatgan.

“Sizning tarixiy sözlaringiz – “Ozarbayjon yolğiz emas, Turkiya uning yonidadir” degan bayonotiңiz bizga qöşimça kuç va ruh berdi. Buni heç qaçon unutmaymiz”, deydi Aliyev Erdöğanga qarata.

Ozarbayjon rahbari Turkiya Prezidenti va turk xalqiga körsatilgan siyosiy hamda ma’naviy yordam uçun şaxsan minnatdorçilik bildirgan.

Şuningdek, Aliyev 44 kunlik uruş davomida Ozarbayjon armiyasi 300 dan ortiq şahar va qişloqni ozod qilganini, janglarda 3 ming nafar harbiy halok bölganini aytgan. U ularning qoni yerda qolmaganini va tarixiy adolat tiklanganini ta’kidlagan.

Aliyev 44 kunlik uruş Turkiya va Ozarbayjon örtasidagi birlikni yana bir bor namoyon etganini qayd etgan. Uruşdan yetti oy ötib, Şuşa şahrida imzolangan deklaratsiya esa ikki davlat munosabatlarini rasman ittifoqçilik darajasiga olib çiqqanini aytgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning oktyabr oyi boşida – Turkiya va Ozarbayjon munosabatlari yomonlaşgan paytda Ilhom Aliyev taşqi siyosat haqida keskin bayonot berib, mamlakat harbiy ğalabalarga öz kuçi bilan erişganini aytgandi. Şuningdek, u Turkiyadan olingan “Bayraktar” dronlariga şama qilib, çetdan qurol-yaroğni pul evaziga sotib olinganini qayd etgandi va taşqi homiylik haqidagi iddaolarni rad etgan edi.

Qayd etiş joiz, sönggi oylarda Anqara va Baku örtasidagi munosabatlarda bir qator masalalar böyiça kelişmovçiliklar yuzaga keldi. Sentyabr oyida Ozarbayjon hukumati davlat maktablari öquvçilarining taşqi körinişini tartibga soluvçi qoidalarga özgartirişlar kiritdi. Yangi me’yorlar yagona maktab formasi standartini buzuvçi yoki ta’limning dunyoviy xususiyatiga mos kelmaydigan kiyim elementlarini taqiqlaydi.
Qaror Turkiyada, jumladan, yuqori siyosiy darajada tanqidlarga sabab böldi. Ozarbayjon parlamenti deputati Jayhun Mamedov jurnalistlarga islohot ta’lim muassasalarida diniy, etnik va ijtimoiy-iqtisodiy farqlarni bartaraf etişga qaratilganini izohladi. Hujjatda “hijob” sözi tilga olinmagan bölsa-da, özgartirişlar uni öraşga ham daxldor böldi.

Keyinçalik Ozarbayjon TIV respublikada hokimiyatni zöravonlik bilan özgartirişga çaqirgani uçun 31 nafar Turkiya fuqarosini nomaqbul şaxslar röyxatiga kiritdi. Bunga qadar Ozarbayjon Boş prokuraturasi mamlakatda hokimiyatni zöravonlik bilan egallab olişga oçiqdan oçiq çaqiriqlar qiliş böyiça jinoyat işi doirasida yetti nafar Turkiya fuqarosini xalqaro qidiruvga bergan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing