Mirziyoyev va Lukashenko Aliyevni tabrikladi
Jamiyat
−
08 fevral
6030O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hozirda mamlakatda bo‘lib turgan Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko bilan birgalikda Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, uni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Kamdan-kam uchrab turadigan hodisa - ikki mamlakat yetakchisi birgalikda uchinchi mamlakat rahbariga telefon qilmoqda. Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko ozarbayjonlik mavqedoshi Ilhom Aliyevni Prezidentlik saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi”, deydi Prezident Matbuot kotibi.
Ma’lumot uchun, kecha, 7 fevral kuni Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. 93,3 foiz saylovchilarning ovozlari hisob-kitobiga ko‘ra, Ilhom Aliyev 92,05 ovoz bilan mutlaq g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 fevral kuni Lukashenko O‘zbekistonga kelgan, uni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir Abdulla Aripov kutib olgandi. Shundan so‘ng Prezident Mirziyoyev Lukashenko bilan birga xokkey o‘yinini tomosha qilishga “Humo Arena” muz saroyiga bordi. U yerda oliy martabali mehmonlarga ularning ismlari tushirilgan xokkey kiyimi topshirildi.
LiveBarchasi