Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik mavqedoshi Qosim-Jomart To‘qayevga hamdardlik bildirdi.  Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko nomidagi konda ro‘y bergan portlash oqibatida insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi”, deydi Prezident matbuot kotibi.

Shuningdek, Prezident Mirziyoyev kon ichida qolayotgan konchilar tez fursatda qutqarilishiga umid bildirgan. 

Ma’lumot uchun, voqea sodir bo‘lgan paytda Kostenko konida 252 kishi bo‘lgan. Yer yuziga 208 kishi olib chiqilgan, ulardan 18 nafari tibbiy yordamga murojaat qilgan. Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda halok bo‘lgan 32 kishining jasadi topilgan, 14 nafar konchini qidirish ishlari davom etmoqda.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham To‘qayevga hamdardlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 oktyabr kuni ertalab Qozog‘istondagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘lgandi. Mamlakat Bosh prokuraturasi kon yoki qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarini buzish (Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi) moddasi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshladi. Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kondagi portlashdan so‘ng, “ArselorMittal Temirtau” bilan investitsiyaviy hamkorlikni to‘xtatishni buyurdi. Davlat rahbari 29 oktyabrni halokat qurbonlari xotirasiga umumxalq motam kuni deb e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing