Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 7 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskva shahridagi Islom Karimov xiyoboniga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga safarini Tataristondan boshlagandi. U Qozon shahridagi “Kazan Ekspo” markazida ochilgan Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasiga borgan, Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlar o‘tkazgan hamda Qozonning eng qadimgi qismi – UNESCO'ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Qozondagi Kremlga borib, Qul Sharif masjidida bo‘lgan edi. Kecha, 6 oktyabr kuni Mirziyoyev Moskvada Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin va Prezident Vladimir Putin bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing