Buxorodagi yangi aerport Mustaqillik bayramigaça foydalanişga topşiriladi
Jamiyat
−
12:20 601 2 daqiqa
Buxoro şahridagi yangi aeroport va unga olib boradigan yölni 2027 yil Mustaqillik bayramigaça foydalanişga topşiriş vazifasi qöyildi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 4 noyabr kuni hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasini oşiriş masalalari böyiça yiğilişda mas’ullarga topşiriq berdi.
Yiğilişda qayd etilişiça, Buxoroda xalqaro standartlarga muvofiq, 300 million dollarlik yangi aeroport qurilmoqda. U bir vaqtning özida 20 ta samolyot va 1 ming 200 nafar yölovçiga xizmat körsatiş imkoniga ega böladi.
Aeroportni şahar markazi bilan boğlaş uçun 24 kilometrli avtomobil yöli barpo etiladi. Şuningdek, avtobuslar uçun 5,5 kilometrli BRT yölagini taşkil etiş ham rejalaştirilgan.
Prezident aeroport va unga olib boradigan yölni Mustaqillik bayramigaça foydalanişga topşiriş vazifasini qöygan. Yangi infratuzilma Buxoroga keluvçilar uçun qulaylik yaratişi va hududning transport imkoniyatlarini kengaytirişi ta’kidlangan.
Turkiyaning “Pegasus” aviakompaniyasi Buxoroga töğridan-töğri qatnovlarni yölga qöymoqda. Kelasi yil Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahrayn bilan ham aviaqatnovlarni boşlaş topşirilgan.
Davlat rahbari Buxoroda turizm xizmatlari va sayyohlar uçun yangi yönalişlarni köpaytiriş masalasiga töxtalgan. Joriy yilda viloyatga 3,5 million xorijlik sayyoh kelişi kutilmoqda. Kelgusida ularning sonini ikki baravar oşiriş maqsad qilingan.
Eski şahar, Yetti pir, Çor Bakr, Poykent, Varaxşa va Vardonze kabi tarixiy majmualarni yagona turizm konsepsiyasi asosida boğlaş közda tutilgan.
Buxoro şahridagi Gulçorboğ mahallasida 50 gektar maydonda 80 million dollarlik turizm markazi taşkil etiladi. Unda körgazmalar zali, amfiteatr va mehmonxonalar joylaşadi.
Jalol Ikromiy mahallasida esa xalqaro tadbirlarga möljallangan 60 million dollarlik kongress-xoll qurilmoqda. Kongress-xoll yonida “Hilton” va “Holiday Inn” brendlari ostida ikkita yetti qavatli mehmonxona barpo etilmoqda.
Bundan taşqari, sakkizta markaziy köça milliy va zamonaviy me’moriy yeçimlar asosida yangilanib, oltita xiyobon bunyod etiladi.
Viloyat markazini kengaytiriş doirasida Buxoro tumanidagi 1 ming gektar maydonda 500 million dollarlik turizm klasterini barpo etiş rejalaştirilgan. Uning hisobiga sayyohlarning Buxoroda qoliş muddatini örtaça 4-5 kungaça uzaytiriş mumkin.
Live
Barchasi