Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi – Prezident
Jamiyat
−
11:57 663 2 daqiqa
Buxoro viloyatidan 99 ming nafar fuqaro mehnat migratsiyasida. Xorijdan qaytgan 24 ming kişi hali iş topmagan. Viloyat böyiça işsizlar soni 40 mingga yaqin, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past. Bu haqda bugun, 4 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida ötkazayotgan hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasini oşiriş masalalari yuzasidan yiğilişda söz bordi.
Yiğilişda viloyat iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi, ösiş 10,1 foizni taşkil etişi ta’kidlangan. Ötkazilgan sörovda buxoroliklarning 98 foizi sönggi yillarda hayot sifati yaxşilanganini aytgan, tadbirkorlarning 83 foizi esa kelgusi uç yilga ijobiy kutilma bilan qaramoqda.
Şu bilan birga, iqtisodiy ösiş tabiiy resurslar sanoati va qişloq xöjaligiga sezilarli darajada boğliq bölib qolmoqda: ularning iqtisodiyotdagi uluşi 43 foiz. Ön yilda xizmatlar sohasining uluşi 33 foizdan 36 foizga oşgan, xolos.
Prezident viloyat iqtisodiyotini diversifikatsiya qiliş, sanoatda çuqur qayta işlaşni rivojlantiriş, har bir tumanning ösiş nuqtalarini aniqlaş zarurligini ta’kidlagan. Mutasaddilarga sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligida körsatkiçlarni 1,5 baravar oşiriş böyiça aniq rejalarni kiritiş topşirilgan.
Toşkent şahri, Farğona va Jizzax viloyatlari xalqaro “Fitch” reytingini olgani misol sifatida keltirilgan. Buxoro ham investorlar uçun oçiq va işonçli hudud sifatida öz salohiyatini namoyon qilişi lozimligi qayd etilgan.
Buxoro viloyatidan 99 ming nafar fuqaro mehnat migratsiyasida. Xorijdan qaytgan 24 ming kişi hali iş topmagan. Viloyat böyiça işsizlar soni 40 mingga yaqin, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past.
“Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi”, deydi Prezident.
Mas’ullarga xorijda kam iş haqiga işlayotgan özbekistonliklarni kasbga öqitib, yuqori daromadli işga joylaştiriş, 270 ming nafar aholining daromadini örtaça va undan yuqori darajaga olib çiqiş böyiça tumanlar kesimida reja işlab çiqiş topşirilgan.
Live
Barchasi