Buxoro NQIZ 328 mln dollarga modernizatsiya qilinadi
Jamiyat
−
21:38 579 2 daqiqa
Bugun, 3 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Qorovulbozor tumanidagi Buxoro neftni qayta işlaş zavodiga taşrif buyurib, korxonani modernizatsiya qiliş loyihasi bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, zavod mamlakatda yonilği mahsulotlari işlab çiqaruvçi yirik korxonalardan biri. U yerda 3 ming 200 nafardan ziyod mutaxassis mehnat qilmoqda. Joriy yilning töqqiz oyida 1,36 million tonna, qiymati 12,1 trillion söm bölgan neft mahsulotlari işlab çiqarilgan. Mahsulot hamda xizmatlar eksporti 99,5 million dollarni taşkil etgan. Yil yakunigaça bu körsatkiçni 116 million dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.

Davlat rahbariga taqdim etilgan modernizatsiya loyihasi xomaşyoni qayta işlaş hajmini oşiriş bilan birga yuqori oktanli benzin işlab çiqariş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan. Loyihaning umumiy qiymati 328 million dollarni taşkil etadi.


Uning doirasida naftani gidrotozalaş va izomerizatsiya qiliş qurilmalari örnatiladi. Gidrotozalaş jarayonida xomaşyo tarkibidagi oltingugurt va boşqa aralaşmalar kamaytiriladi. Izomerizatsiya esa yengil fraksiyalardan olinadigan benzinning oktan sonini oşiriş imkonini beradi. Mazkur jarayonlar Yevro-5 talablariga javob beradigan AI-92 va AI-95 rusumli benzin işlab çiqarişni köpaytiriş uçun muhim.


Loyihada xomaşyoni fraksiyalarga ajratiş va oğir qoldiqlarni çuqur qayta işlaşni takomillaştiriş ham nazarda tutilgan. Natijada zavodning yillik qayta işlaş quvvatiga yana 2,5 million tonna qöşilib, umumiy quvvat 5 million tonnaga yetadi. Qayta işlaş hajmi va tayyor mahsulot işlab çiqarişning ortişi içki bozor ta’minotini mustahkamlaş, eksportni köpaytiriş imkonini yaratadi.

Prezident modernizatsiya işlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan bajariş, yangi qurilmalarni mavjud işlab çiqariş jarayonlariga uyğun holda joriy etiş hamda korxonaning barqaror faoliyatini ta’minlaş yuzasidan körsatmalar berdi hamda loyihada iştirok etayotgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muloqot qilgan.
Live
Barchasi