Mirziyoyev BMT Bosh kotibi va Janubiy Koreya Prezidenti bilan uchrashadi
Jamiyat
−
19 Sentabr 2023
4497O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrifi davom etmoqda. Davlat rahbari bugun, 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlaydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston yetakchisi bugun Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH Prezidentlari sammitida ishtirok etadi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlaydi.
Mirziyoyev shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala va boshqalar bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga amaliy tashrifi davomida “Air Products” kompaniyasi boshqaruvi raisi, prezidenti va bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashgandi.
Shuningdek, kecha, 18 sentyabr kuni davlat rahbari o‘ziga ajratilgan qarorgohda Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi.
LiveBarchasi