XVF O‘zbekistonga iqtisodiy siyosatni takomillashtirishda yordam beradi

Jamiyat

image

Kecha, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahridagi o‘ziga ajratilgan qarorgohda Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda global iqtisodiy vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashilgan. XVF bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni, shu jumladan, joriy yilning iyun oyida Samarqand shahrida o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvda erishilgan kelishuvlardan kelib chiqqan holda yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

“Fond rahbari O‘zbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturi natijalariga yuqori baho berdi hamda mamlakatimizdagi samarali yangilanishlarni ilgari surishda yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida XVFning O‘zbekiston moliya sohasi barqarorligini kompleks tahlil qilish, iqtisodiy siyosatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda konsalting ko‘magini ko‘rsatish hamda respublika idoralari mutaxassislarining salohiyatini oshirish dasturini amalga oshirishdagi ishtirokiga doir masalalar muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Kristalina Georgieva Xalqaro valyuta fondi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing