Shavkat Mirziyoyev “Oppenheimer” kompaniyasi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Jamiyat
−
19 Sentabr 2023
3576O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda “Oppenheimer” investitsiya kompaniyasi boshqaruvchi direktori Jon Tonelli bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda aktivlari qiymati 36 milliard dollar bo‘lgan ushbu yirik investitsiya bankining sarmoyasini jalb qilgan holda O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Jon Tonelli respublikada sanoat quvvatlarini tashkil etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihalarga xususiy investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan kelishuvlar erishilganini mamnuniyat bilan qayd etib o‘tgan.
Birinchi bosqichda to‘qimachilik klasterlari, qurilish materiallari sanoati korxonalarini rivojlantirish, Toshkent shahri infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga investitsiya yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu rejalarni ma’qullab, mutasaddilarga tez fursatda amaliy ishlarni boshlashga topshiriq bergan.
LiveBarchasi