Men koronavirusga qarshi majburiy emlashga qarshiman – Novak Jokovich

Olam

image

Serbiyalik dunyoning birinchi raqamli raketka ustasi, tennischi Novak Jokovich koronavirusga qarshi majburiy emlashga qarshi. Bu haqda u Facebook'dagi yozishmalardan birida ma’lum qildi.

"Shaxsan men emlashga qarshi emasman. Lekin sayohat qilishim uchun kimdir meni emlashga majburlashini xohlamayman. Majburiy bo‘lmasa nima bo‘ladi? Men o‘zim uchun o‘zim qaror qabul qilishim kerak. Mening bu borada o‘z fikrlarim bor va bu fikrlar bir muncha vaqtdan so‘ng o‘zgaradimi yo‘qmi bilmayman" deydi Jokovich.

Ma’lumot uchun, hozirda 70 dan ortiq davlatda vaksina ustida ish olib borilyapti. Bu borada Xitoy, Rossiya, AQSH, Avstraliya davlatlarida allaqachon klinik sinovlar boshlab yuborilgan. Shuningdek, Buyuk Britaniyada vaksinani keng miqyosda ishlab chiqarish boshlangani ma’lum qilindi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan bog‘liq 2 404 071 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 624 798 nafari sog‘aygan, 165 238 nafari esa vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Novak Jokovich Serbiya

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing