Serbiya telekanali Vuçiç davrida sukut saqlagani uçun uzr söradi

Olam

−

image

Serbiyaning Voyevodina radio va televideniyesi (RTV) jonli efirda tomoşabinlardan köp yillar davomida voqealarni bir tomonlama yoritgani va muammolar haqida sukut saqlagani uçun uzr söradi. Bu haqda “N1” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, telekanalning yangiliklar dasturida Serbiyada saylovlardan keyin aholining bayram qilayotgani aks etgan kadrlar namoyiş etilgan. Şundan söng, boşlovçi Goran Eror uşbu lavhalar RTV ötgan tunda tomoşabinlarga körsatmagan voqealarning faqat bir qismi ekanini aytgan.

“Jamoat teleradiokompaniyasi köp yillar davomida öz vazifasini bajarmadi. Muammolar haqida sukut saqlandi, köp narsaga köz yumildi, axborot bir tomonlama taqdim etildi, voqealar tanqidsiz yoritildi. Kerakli savollar berilmadi yoki umuman savol berilmadi. Buning uçun tomoşabinlardan uzr söraşimiz kerak”, degan boşlovçi.

Erorning aytişiça, ayrim xodimlar jurnalistlar va muharrirlarning erkin işlaşi uçun kuraşgan, biroq bu kuraşda öz vaqtida ğalaba qozona olmagan. Şunga qaramay, u bu yönalişdagi harakatlarni davom ettiriş muhimligini bildirgan.

Uşbu voqeadan söng RTV birinçi telekanali boş muharriri vazifasini bajaruvçi Nenad Çaçiç iste’foga çiqqan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 25 oktyabr kuni Serbiyada muddatidan oldin parlament saylovlari bölib ötgandi. Saylovda mamlakatning sobiq prezidenti Aleksandr Vuçiç ham iştirok etgan. U bundan bir oy oldin prezidentlik lavozimini tark etgan, biroq saylovda ğalaba qozonilgan taqdirda boş vazir bölişni rejalaştirgan edi. Saylov yakunlariga köra, Vuçiçning partiyasi 2024 yilda boşlangan norozilik namoyişlari ortidan şakllangan “Talabalar röyxati” harakatiga yutqazgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing