Mashinalarga ekostikerlar berish yana orqaga surildi

Jamiyat

image
Birjada AI-80 benzini sotuvi to‘xtatildi north_east

Birjada AI-80 benzini sotuvi to‘xtatildi

Avtomobillardan atmosferaga chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalarni qisqartirish bo‘yicha “Ekologik transport” tizimini joriy etish muddati 2026 yil 1 yanvarga qadar o‘zgartirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 4 sentyabr kuni qabul qilingan “Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Ushbu qarorga ko‘ra, avval 2024 yildan boshlanishi rejalashtirilgan “Ekologik transport” tizimi navbatdagi kechiktirishdan so‘ng, 2026 yilning 1 yanvaridan joriy etiladi. Dasturning maqsadi – avtomobillardan chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalarni qisqartirish va ekologik nazoratni kuchaytirishdan iborat.

Tizim bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 2025-2027 yillarda Toshkent shahrida, ikkinchisi 2028-2030 yillarda Nukus va viloyat markazlarida hamda zaruratga ko‘ra, sayyohlik markazlari, tabiat qo‘riqxonalari va sog‘lomlashtirish maskanlarida tatbiq etiladi. Uchinchi bosqich esa 2031-2034 yillarda butun mamlakat hududlariga tarqatiladi.

Ekologik me’yorlarga muvofiqlikni baholashda ishlab chiqaruvchining “Yevro” standarti bo‘yicha ma’lumotlari asos qilinadi. Agar transport vositasining ekologik sinfi aniqlanmasa, u Ichki ishlar vazirligi huzuridagi maxsus markazda diagnostikadan o‘tkaziladi. 

Tashlanmalarning zararlilik darajasiga qarab avtomobillarga yashil, sariq yoki qizil stiker beriladi:

  • Yashil stiker – ekologik me’yorlarga to‘liq javob beruvchilarga;
  • sariq stiker – o‘rta darajada ifloslantiruvchi vositalarga;
  • qizil stiker – yuqori darajada zararli chiqindilarga ega avtomobillarga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, tizim aslida 2024 yilning 1 iyunidan ish boshlashi kerak edi, biroq rasmiylar uning boshlanishini to‘qqiz oyga, 2025 yil 1 martga qoldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Avtomobil ekostiker Ekologik transport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing