Avtomobillarga ekostikerlar berish keyingi yil boshlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda transport vositalarining me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasini aniqlash va ekologik stikerlar berish 2025 yil 1 martda boshlanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 3 iyuldagi 381-sonli qarorida so‘z boradi.

Mazkur hujjat bilan hukumatning ayrim qarorlariga ishlab chiqarishlardagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanishni ta’minlash va “Ekologik transport” tizimini rivojlantirish maqsadida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • quyosh fotoelektr stansiyalarini binolarning tomlari va fasadlariga o‘rnatish uchun davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun loyiha hujjatlarini taqdim etish talabini bekor qilish;
  • atrof-muhitga va unga tutash hududlarga ta’sir ko‘rsatadigan sanoat korxonalarida “yashil zonalar” yaratish va rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
  • Ekologik transport tizimini bosqichma-bosqich joriy etish muddatlarini o‘zgartirish. 

U 2025 yil 1 martda boshlanadi (oldin 2024 yil 1 iyundan boshlab edi). Xuddi shu kundan boshlab transport vositalarining me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasini aniqlash va ekologik stikerlar berish boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentda 518 ta transport vositasi atmosferaga zararli moddalarni me’yordan ortiq chiqarishi aniqlangani, jami 303 nafar haydovchiga Ma’muriy javobgarlik kodeksining tegishli moddalari bilan 50,1 million so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanilgani, shuningdek, 222 ta avtomashinaning harakati vaqtincha to‘xtatilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston ekostiker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing