Özbekistondagi telekanallar ogohlantirildi
O‘zbekiston
−
2975 1 daqiqa
Özbekistonda ayrim telekanallarda reklama namoyişi vaqtida ovoz keskin balandlaşib ketişi tomoşabinlarning e’tirozlariga sabab bölmoqda. Bu holat yuzasidan Raqobat qömitasiga ham murojaatlar kelib tuşgan.
Qömita ma’lumotiga köra, reklama bloklari ovozining teledasturlar ovozidan baland bölişi tomoşa qiliş jarayonida noqulaylik tuğdirmoqda. Amaldagi qonunçilikda bu borada aniq çeklov mavjud. Xususan, “Reklama töğrisida”gi qonunning 27-moddasida reklama va u haqidagi anons ovozi reklama bilan uzib qöyilgan teledastur yoki telekörsatuv ovozidan baland bölmasligi belgilangan.
Raqobat qömitasi uşbu talablar bajarilişini nazorat qilib boradi. Zarur hollarda reklama ovozining belgilangan me’yorlarga mosligi maxsus texnik vositalar orqali tekşiriladi. Qoidabuzarlik aniqlangan taqdirda, qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlik çoralari qöllanilişi mumkin.
Şu munosabat bilan qömita teleradiokanallar, reklama agentliklari va reklama tarqatuvçilarni belgilangan me’yorlarga amal qilişga, efirga uzatilayotgan reklamalarda tomoşabinlar manfaatlarini ham hisobga olişga çaqirdi.
Live
Barçasi