Daniyaning Özbekistondagi yangi elçisi tayinlandi

O‘zbekiston

−

visibility755 timer1 daqiqa

image

Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Daniyaning mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Lars Tuecyenning işonç yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Baxtiyor Saidov özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning bildirişiça, Özbekiston Daniyani Yevropadagi istiqbolli hamkorlaridan biri sifatida köradi. Joriy yil oktyabr oyida Daniya Taşqi işlar vaziri Lars Lyokke Rasmussenning Özbekistonga taşrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqiçni boşlab bergan.

Suhbat davomida siyosiy muloqotni izçil davom ettiriş, özaro savdo va investitsiyalar hajmini oşiriş, şuningdek, turli sohalarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Özbekiston tomoni ikki mamlakat munosabatlaridagi mavjud salohiyatni töliq röyobga çiqariş yölida yangi elçining sa’y-harakatlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Belgiyaning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Matias Kendedan işonç yorliqlari nusxalarini qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing