Özbekistonda uç oygaça haq tölanmaydigan stajirovkalar joriy etilişi mumkin

O‘zbekiston

−

visibility761 timer2 daqiqa

image

Özbekistonda uç oygaça muddatga haq tölanmaydigan kasbiy amaliyot ötaş tartibini joriy etiş taklif qilinmoqda. Bu mexanizm iş tajribasiga ega bölmagan fuqarolarga amaliy könikmalarni egallaş, iş beruvçilarga esa bölajak xodimlarni baholaş imkonini beradi. Bu haqda Bandlik vazirligi tomonidan işlab çiqilgan “Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasida söz boradi.

Qonun loyihasiga köra, bugungi kunda mehnat bozoriga ilk bor kirayotgan yoşlar, şuningdek, faoliyat sohasini özgartirişga qaror qilgan fuqarolar amaliy tajriba va iş staji yöqligi sababli işga joylaşişda qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Iş beruvçilar esa tajribasiz nomzodlarni işga qabul qiliş bilan boğliq xavf-xatarlar va qöşimça xarajatlar tufayli ularni işga olişga unçalik qiziqiş bildirmayapti.

Uşbu muammoni hal qiliş maqsadida uç oygaça muddatga haq tölaş majburiyatisiz kasbiy amaliyot ötaş mexanizmini joriy etiş taklif qilinmoqda. Şu maqsadda Mehnat kodeksini 368¹-modda bilan töldiriş rejalaştirilgan. Unga köra, amaliyot davri uçun haq tölaş yoki tölamaslik masalasini iş beruvçining özi hal qiladi.

Işlab çiqariş ta’limi şartnomasi asosida kasbiy ta’lim yoki qayta tayyorlaşdan ötgan şaxslar keyinçalik öşa iş beruvçiga işga joylaşgan taqdirda, ulardan stajirovka ötaş talab etilmaydi. Yangi mexanizm iş qidirayotganlarga real iş şaroitida tajriba orttiriş, öz bilim va könikmalarini namoyiş etiş, iş beruvçilarga esa nomzodlarning malakasi hamda taşkilot talablariga muvofiqligini baholaş imkonini berişi kutilmoqda.

Şuningdek, mazkur mexanizm barqaror mehnat munosabatlarini şakllantiriş, işsizlikni kamaytiriş va yoşlar bandligini oşirişga xizmat qilişi ta’kidlangan. Qonunçilikka kasbiy amaliyot şartnomasining mazmunini belgilaydigan 368-2-moddani ham kiritiş taklif etilmoqda.

Unga köra, kasbiy amaliyot şartnomasida quyidagi ma’lumotlar aks etişi kerak:

  • kasb yoki lavozim nomi;
  • amaliyotçiga biriktirilgan ustoz haqidagi ma’lumotlar;
  • amaliyot muddat;
  • agar nazarda tutilgan bölsa, tölanadigan haq miqdori;
  • iş beruvçining amaliyot uçun zarur şaroitlarni yaratiş va mehnatni muhofaza qiliş böyiça majburiyatlari;
  • amaliyot yakunida sertifikat beriş tartibi;

Qonun loyihasi 9 dekabrga qadar jamoatçilik muhokamasida böladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing