Özbekistonda havo ifloslanişi kuçaysa, avtomobillar harakati çeklanişi mumkin
O‘zbekiston
−
1366 3 daqiqa
Özbekistonda atmosfera havosi sifatining yomonlaşişiga qarşi qöşimça çoralar joriy etiş taklif qilinmoqda. Yangi mexanizmlarga köra, havo ifloslanişi belgilangan darajaga yetganda korxonalar faoliyatini qisqartiriş, avtomobillar harakatini çeklaş va quriliş işlarini vaqtinça töxtatiş mumkin. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi işlab çiqqan “Atmosfera havosi sifati yomonlaşişining huquqiy jihatdan tartibga solinişi, uning oldini oliş va oqibatlarini kamaytirişga qaratilgan taşkiliy-huquqiy mexanizmlar töğrisida”gi qaror loyihasida söz boradi.
Ma’lum qilinişiça, havo ifloslanişi “qizil” va “binafşa” darajaga yetgan taqdirda, atrof-muhitga ta’sir körsatiş darajasi böyiça I va II toifaga kiruvçi korxonalar zararli moddalar çiqarilişini kamaytiriş maqsadida işlab çiqariş quvvatlarini vaqtinça pasaytirişi lozim böladi. Bunda strategik ob’ektlar hamda alohida huquqiy rejimga ega ob’ektlar uçun istisno nazarda tutilgan. Belgilangan talablarga rioya etilişini ekoinspeksiya nazorat qiladi.
Şuningdek, viloyat va şahar markazlari hamda ularga tutaş hududlardagi issiqxona xöjaliklarida yoqilği sifatida bu maqsad uçun möljallanmagan materiallardan foydalanişning oldini oliş böyiça muntazam reydlar ötkazilişi belgilanmoqda.
Noqulay meteorologik şaroitlarda energetika korxonalariga mazutdan yoqilği sifatida foydalaniş taqiqlanişi ham taklif etilgan. Biroq energetika tizimining barqaror işlaşini ta’minlaş uçun zarur bölgan avariya va favqulodda vaziyatlar bundan mustasno.
Loyihaga muvofiq, viloyat va şahar markazlarida havo sifati yomonlaşgan hollarda katta yuk kötariş quvvatiga ega yuk avtomobillari harakatini vaqtinça çeklaş yoki ularni aylanma yöllarga yönaltiriş nazarda tutilmoqda. Zarur hollarda transport vositalarining davlat raqamlariga qarab, toq va juft kunlarda harakatlaniş tartibi joriy etilişi mumkin. Bunda elektromobillar va maxsus transport vositalariga çeklovlar tatbiq etilmaydi.
Bundan taşqari, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasining asoslantirilgan taklifiga binoan, transport harakati vaqtinça çeklanadigan köçalar va yöl uçastkalari belgilanişi mumkin.
Havo sifati yomonlaşgan davrlarda şahar markazlari va aholi ziç yaşaydigan hududlarda quriliş işlarini vaqtinça çeklaş taklif etilmoqda. Bunda quriliş maydonlarida çangni bostiriş uskunalari va texnologiyalaridan majburiy foydalaniş, materiallarni yopiq holda saqlaş va taşiş, hududni muntazam namlaş hamda çang tarqalişini kamaytirişga qaratilgan boşqa talablarga amal qiliş belgilanmoqda.
Şu bilan birga, tabiiy çang kötarilişi kuçayib, havo sifati yomonlaşgan vaziyatlarda hokimliklar şaharlardagi mavjud favvoralarning uzluksiz işlaşini ta’minlaşi kerak böladi. Şuningdek, markaziy köçalar, jamoat joylari va yaşil hududlarni suğoriş hamda namlaş işlari kuçaytiriladi.
“Qizil” va “binafşa” darajalar nimani anglatadi?
Ma’lumot uçun, havo ifloslanişining “qizil” darajasi zararli moddalar konsentratsiyasi ruxsat etilgan me’yordan oşib, aholining katta qismi salomatligiga salbiy ta’sir körsatiş xavfi yuzaga kelişini anglatadi. “Binafşa” daraja esa havoning yuqori darajada ifloslanganini va çeklovçi hamda profilaktik çoralar köriş zarurligini bildiradi.
Qaror loyihasi muhokamasi joriy yil 12 dekabrga qadar davom etadi.
Live
Barçasi