Özbekistonliklar 2 oyda 2,5 mln tonnadan ortiq çiqindi çiqardi
O‘zbekiston
−
261 1 daqiqa
Özbekistonda “Tozalik va ozodalik” tadbirlari doirasida hududlardan 2 mln 554 ming tonna qattiq maişiy çiqindi olib çiqib ketildi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 1 oktyabrdan boşlab respublika böylab ikki oy davomida tozalik tadbirlari ötkazilgan. Bu jarayonlarni muvofiqlaştiriş maqsadida agentlikda respublika işçi ştabi taşkil etilgan.
Tadbirlar doirasida 102 ta sanitariya tozalaş korxonasi jalb qilindi. 9 300 ta mahalla fuqarolar yiğini hududi tozalangan. Işlarga 9 500 nafardan ortiq xodim va 3 200 dan ziyod maxsus texnika safarbar etilgan. Natijada hududlardan jami 2 mln 554 ming tonna qattiq maişiy çiqindi olib çiqib ketilgan.
Agentlik qayd etişiça, bunday tadbirlar atrof-muhitni toza saqlaş va hududlardagi ekologik vaziyatni yaxşilaşga xizmat qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda maişiy çiqindilar bilan boğliq xizmatlar tariflarini 33,3 foizga oşiriş taklif etilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi