Avtomobilni teskari haydagan “ixtirochi” jarimaga tortildi (video)

Bu qiziq

image

Rossiyaning Krasnodar shahrida yashovchi hunarmand mashinani teskari qilib haydashga moslashtirdi va boshiga tarvuz po‘chog‘ini kiyib, ko‘chalarni kezib chiqdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi. 

Hunarmand VAZ-2107 rusumli avtomashinani o‘zgartirish uchun dvigatel va g‘ildiraklarni old oynaning orqasidagi kabinaga o‘rnatgan. Tomni kesib tashlab, boshqaruv salonini shu joyga ko‘chirgan. 

O‘tkinchilar to‘nkarilgan mashinani tabassum va qiziqish bilan kuzatishgan, ammo avtomobil inspeksiyasi xodimlarining esa ushbu noodatiy ixtiroga munosabati aksincha bo‘ldi. 

Shu bois, krasnodarlik "ixtirochi"ga nisbatan bir qancha protokollar tuzilgan. U xavfsizlik kamarini taqmaganlik, sug‘urtasining yo‘qligi, noqonuniy to‘xtash va o‘zgartirilgan mashinani ruxsatsiz boshqarish ayblovlari bilan 3 ming 800 rubl (qariyb 38 AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, yo‘l harakati politsiyasi avtomashina huquqbuzarga tegishli emasligini, Sankt-Peterburgda yashovchi boshqa fuqaro nomiga ro‘yxatdan o‘tganini aniqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyaning Envision Racing formula poygalari kompaniyasi rassom Liam Xopkins bilan birgalikda tashlab yuborilgan gadjetlardan Formula E poyga mashinasining to‘liq o‘lchamli, boshqariladigan nusxasini yasagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya jarima Avtomobil tarvuz teskari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing