Mamlakatingizni mustaqil himoya qilishni o‘rganing – Tramp afg‘on hukumatiga murojaat qildi

Olam

image

AQSH harbiylari abadiy Afg‘onistonda politsiya vazifasini bajara olmaydi, shuning uchun afg‘onlar xavfsizlikni mustaqil ravishda ta’minlashni o‘rganishlari kerak. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan bo‘lib otgan brifingda ma’lum qildi.

“Aslida, biz u yerda harbiy operatsiyalar bilan shug‘ullanmaymiz, aksincha politsiya vazifasini bajaramiz“, deydi davlat rahbari.

Tramp afg‘on rasmiylari politsiya funksiyalarini mustaqil ravishda qanday bajarishni o‘rganishi kerakligini tushuntirdi. Shuningdek, u Afg‘onistonda AQSH harbiylari abadiy qolmasligini eslatib o‘tdi.

So‘nggi haftalarda Afg‘onistonda “Tolibon“ isyonchilarining afg‘on harbiylari va politsiyasiga qarshi hujumlari tez-tez uchrab turdi. Xususan, joriy yilning 12 may kuni “Tolibon“ harakati hujumi oqibatida dafn marosimiga kelgan 7 kishi halok bo‘ldi. Bunga javoban mamlakat Prezidenti Ashraf G‘ani harbiylarga “Tolibon“ga qarshi hujumga o‘tishni buyurdi.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh Donal'd Tramp Tolibon

Baholaganlar

186

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing