Makronning xotinini “erkak” deb hisoblagan jurnalist sudda yutdi

Olam

image
Makronning ashaddiy tanqidchisi o‘lik holda topildi north_east

Makronning ashaddiy tanqidchisi o‘lik holda topildi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi, Birinchi xonim Brijit Makronning aslida erkak ekanini da’vo qilgani uchun avval tuhmatda ayblangan mustaqil fransuz jurnalisti Natasha Rey oqlandi. Bu haqda kecha, 10 iyul kuni OAV vakilining advokati Fransua Danglean ma’lum qildi.

“Natasha Reyning Brijit va Jan-Mishelya Tronega qarshi g‘alabasi: apellyatsiya sudi Natasha Reyni oqladi”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

“France Press” xabariga ko‘ra, sud ish bo‘yicha yana bir gumonlanuvchi – Rey YouTube kanalida chiqish qilgan Amandin Ruani (haqiqiy ismi Delfin Jeguss) ham oqlagan.

Shu bilan birga, advokatning aniqlik kiritishicha, jurnalist davlat rahbarining turmush o‘rtog‘i Brijit Makron Trone va uning ukasi Jan-Mishelya Tronega nisbatan ular sud haqida yolg‘on ma’lumot bergani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri da’vo arizasi bilan murojaat qilmoqchi.

Fransiyaning Birinchi xonimi erkak bo‘lib tug‘ilgani haqidagi mish-mishlar 2021 yilning aprelida, Emmanuel Makron ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ygan prezidentlik saylovlaridan bir yil oldin tarqala boshlagan.

Makron rafiqasi haqidagi mish-mishlarga ilk bor 2024 yilning mart oyida to‘xtalgandi. Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Fransiyaning TF1 telekanaliga bergan intervyusida u shunday degan edi:

“Eng yomoni – yolg‘on ma’lumotlar va uydirma ssenariylar. Odamlar oxir-oqibat ularga ishonib, sizni, hatto yaqinlaringizni ham tashvishga soladi”.

Uning qo‘shimcha qilishicha, uning ayoliga qilingan “hujumlar” ayollar har kuni duch keladigan misoginiya (ayollarga (qizlarga) nisbatan nafrat, dushmanlik yoki singdirilgan noto‘g‘ri qarash) ning odatiy namunasidir.

2024 yilning 12 sentyabr kuni Parij sudi Fransiya Prezidentining rafiqasi Brijit Makronning erkak bo‘lib tug‘ilgani haqidagi tuhmatli mish-mishlarni tarqatgani uchun ikki fransuz ayolni jami 13,5 ming yevro miqdorida jarimaga tortgandi.

Emmanuel Makron va undan 24 yosh katta bo‘lgan rafiqasi o‘rtasidagi munosabatlarning turmush qurish hikoyasi ko‘p marta muhokama markazida bo‘lgan. Brijit Makron uning Fransiya shimolidagi Amen shahridagi diniy maktabda o‘qituvchisi edi. Ular tanishganida Makron 15 yoshda bo‘lgan. U turmush qurgan va uch farzandni tarbiyalagan 38 yoshli o‘qituvchisini sevib qolgan. Ota-onasi bundan xabar topgach, uni Parijga o‘qishga yuborgan. U Brijit Trone-Ozer bilan 2 yil ishqiy munosabatda bo‘lgan. Brijit Trone-Ozer Makronga 2007 yilda – oldingi eri bilan ajrashishidan bir yil o‘tib turmushga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Vetnamga borgan payti ayolidan tarsaki yegani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi. Holatga Yelisey saroyi munosabat bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Makron Brijit Makron Natasha Rey Amandin Ruani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing