Makron özini ukrainlar qatoriga qöşib yubordi
Olam
−
14:19 554 2 daqiqa
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Berlindagi matbuot anjumanida Ukraina va NATOga a’zolik masalasi haqida gapirayotib, özini hamda boşqa yevropaliklarni ukrainlar deb atab yubordi. Siyosatçi öz fikrini bayon qiliş davomida gapida adaşgani matbuot anjumanidagi nutqidan ma’lum böldi. Bu haqda “Gazeta.Ru” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Makron Berlindagi matbuot anjumanida Ukraina masalasi yana muzokaralar kun tartibiga qaytişi kerakligini ta’kidlagan. U öz fikrini bildiriş jarayonida “biz – ukrainlar, yevropaliklar” deya murojaat qilgan va şu paytda özini ham ukrainlar qatoriga qöşib yuborgan.
“Menimça, bugun uşbu masala, jumladan, biz – ukrainlar va yevropaliklar uçun ham yana dolzarb bölib bormoqda”, degan Fransiya Prezidenti.
Makronning bu gapi Ukraina bilan boğliq masalalar, xususan, mamlakatning NATOga ehtimoliy a’zoligi muhokama qilinayotgan bir paytda yangragan. 19 noyabr kuni Fransiya rahbari Ukrainaning alyansga qöşilişi mumkinligi mavzusini muzokaralar kun tartibiga qayta kiritiş zarurligini bildirgan edi.
Berlindagi uçraşuvda Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya rahbarlari, NATO Boş kotibi Mark Ryutte hamda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy iştirok etgan. AQŞ delegatsiyasi tarkibida esa prezidentning maxsus vakillari Jared Kuşner va Stiv Uitkoff bölgan.
Mazkur uçraşuvdan bir neça kun avval Makron Ukraina NATOga a’zo bölişi kerakligini ta’kidlagan. Uning fikriça, bunga mamlakatning harbiy salohiyati asos böla oladi. Fransiya Prezidenti Ukraina “Yevropadagi eng kuçli an’anaviy armiyaga ega” ekanini aytib, Kiyevga alyans doirasida “munosib örin” berilişi lozimligini bildirgan.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi Fransiya rahbarining Ukrainani NATOga qabul qiliş haqidagi talabiga kinoya bilan munosabat bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq, NATO Rossiya hududining içkarisidagi harbiy bazalar, qurol-yaroğ omborlari va sanoat ob’ektlariga zarba beriş böyiça öz yondaşuvini qayta körib çiqayotgani haqida xabar berilgandi. Alyans uzoq masofaga zarba beruvçi qurollardan foydalaniş va bunday zarbalarga qöyilgan çeklovlarni bekor qiliş imkoniyatini muhokama qilayotganini ma’lum qilgan.
Live
Barchasi