Makron ayolidan tarsaki yedi (video)
Olam
−
26 may 2025 27262 1 daqiqa
Kecha, 25 may kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Vetnamga borgan payti ayolidan tarsaki yegani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ushbu holatga Yelisey saroyi munosabat bildirdi.
Videoda Prezident samolyot eshigidan ko‘rinadi va ichkarida kim bilandir gaplashayotgan vaqtda bir qo‘l uning yuziga yaqinlashib, iyagiga yengil tarsaki tushiradi. Makron bu holatga qisqa hayrat bildiradi, lekin darhol o‘zini tutib, kameralar qarshisida salomlashadi. Keyin u va rafiqasi samolyotdan tushadi. Rafiqasining kiyimi tarsaki tushirilgan kiyimga mos keladi.
Yelisey saroyiga ko‘ra, bu voqea sayohat boshlanishidan oldin Prezident va uning rafiqasi o‘rtasidagi oddiy hazil va quvnoqlik bo‘lgan.
“Bu yaqinlik lahzasi edi. Biroq bu fitna nazariyachilariga yetarli bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Shunday qilib, Yelisey saroyiga ko‘ra, Brijit Makron va Emmanuel Makronning harakatlari hech qanday kuchli janjalni yoki o‘zaro kelishmovchiliklarni anglatmaydi. Bu – hazil.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga ketayotgan poyezdda qandaydir o‘ramni yashirgani va bu giyohvand modda bo‘lishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar urchigandi. Shundan so‘ng Yelisey saroyi bu bu o‘ram hech qanday giyohvand modda emas, shunchaki salfetka ekanini ta’kidladi.
Live
Barchasi