Myanmadagi isyonchi harbiylar Rossiyaning Ukrainaga hujumini qo‘lladi
Olam
−
28 fevral 2022
10982Moskva o‘z milliy manfaatlarini himoya qilishi kerak. Bu haqda Myanmada hokimiyatni egallab olgan isyonchi harbiylar rasmiy vakili general Zo Min Tun aytib o‘tdi.
“Birinchidan, mening fikrimcha, Ukraina bilan bog‘liq vaziyatda Rossiya o‘z davlat suverenitetini saqlab qolish va mustahkamlash uchun zarur choralarni ko‘rmoqda, ikkinchidan, Rossiya buyuk davlat sifatida tinchlik kuchlari muvozanatini ta’minlaydi, bu esa dunyo tinchligini saqlash imkonini beradi. Rossiyaning pozitsiyasi barcha mamlakatlar uchun Yer yuzida tinchlikni saqlashning namunasidir. Uchinchidan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Rossiya hukumati va rus xalqi jahon siyosiy muammolariga nisbatan kengroq qarashlarini, Rossiya o‘z milliy manfaatlari va birligini himoya qila olishi va himoya qilishi kerakligini butun dunyoga namoyish etdi”, deya qo‘shimcha qilgan Zo Min Tun.
U Rossiya “zamonaviy mustamlakachilik va jahon jandarmeriyasi hukmronligi siyosatini yo‘q qilishga qodir” bo‘lishiga umid bildirgan.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.
Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.
Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
LiveBarchasi