Lukashenkoning imi-jimida o‘tgan qasamyodidan keyin yana namoyishlar boshlandi (fotoreportaj)

Olam

image

Xabaringiz bor, kecha, 23 sentyabr kuni Aleksandr Lukashenko imi-jimida inauguratsiya marosimini o‘tkazib oldi. Bunga javoban mamlakat poytaxti Minsk va boshqa shaharlarda yana norozilik namoyishlari avj oldi.  

Minsk markazida xavfsizlik kuchlari "Minsk - Qahramon shahar" stelasi yaqinidagi namoyishchilarni tarqatish uchun suv purkagichlardan foydalangan. Namoyishchilar orasida hibsga olinganlar ham bor. 

Yarim tundan keyin xavfsizlik kuchlari aksariyat namoyishchilarni shaharning markaziy kvartalidan haydab chiqarishga muvaffaq bo‘lgan. U yerda bir necha ming namoyishchilar maydonlarni egallab olishga, yo‘llarni to‘sishga, transport vositalarini to‘xtatishga va birdamlik zanjiri deb nomlangan qatorga saf tortishga harakat qilishgan. 

Belarusda ro‘yxatdan o‘tmagan Viasna inson huquqlari markazining ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar davom etayotgan vaqtning o‘zida 200 kishi hibsga olingan. Biroq Minsk politsiya boshqarmasi hali aniq raqamlarni keltirmagan. Shahar politsiya boshqarmasi matbuot kotibi Natalya Ganusevichning aytishicha, “hibsga olishlar hali ham davom etmoqda”. 

TASS muxbirining so‘zlariga ko‘ra, vaqti-vaqti bilan poytaxtning turli joylarida otishma va shovqinli granatalar portlashlariga o‘xshash povozlar eshitilgan. Biroq, Minsk politsiya boshqarmasi matbuot kotibi Ganusevichning aytishicha, politsiya "faqat suv purkagichlardan foydalangan". 

Aleksandr Lukashenko rasman Belarus Prezidenti lavozimini egalladi. Uning inauguratsiyasi Mustaqillik saroyining tantanalar zalida bo‘lib o‘tdi. Tadbirga jami 700 ga yaqin mehmon – yuqori lavozimli rasmiylar, parlament a’zolari, davlat organlari rahbarlari, mahalliy ijroiya va ma’muriy organlar, respublika ommaviy axborot vositalari, olimlar, madaniyat va sport vakillari taklif etildi. 

Joriy yilning 9 avgust kuni prezident saylovlari bo‘lib o‘tgan Belarusda bir oydan ko‘proq vaqt davomida ovoz berish natijalariga nisbatan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. 

Dastlabki kunlarda namoyishlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar kuzatildi. Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 6 mingdan ortiq odam hibsga olingan, bir necha o‘nlab huquq-tartibot xodimlari va namoyishchilar jarohat olgan. 

MSK ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz bilan g‘alaba qozongan

Uning asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya 10,1 foiz bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. 

Aleksandr Lukashenko 1994 yildan beri Belarus Prezidenti bo‘lib kelmoqda. U 2001, 2006, 2010, 2015 va 2020 yillarda o‘tgan saylovlarda ham g‘alaba qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Minsk Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing