Lukashenko YeOIIda vaziyat jiddiyligini aytdi

Olam

image

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi atrofida juda jiddiy vaziyat rivojlanmoqda, iqtisodiy urush davom etmoqda. Bu haqda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun, 30 noyabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Myasnikovich bilan uchrashuvda aytib o‘tdi. Ushbu ma’lumot Belarus Prezidenti Matbuot xizmati bergan xabarda keltirilgan.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, 11 dekabr kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Kun tartibi aniq. Siz mening va umuman, Belarusning pozitsiyasini bilasiz. Yuzma-yuz uchrashish vaqti keldi (televizorda emas, balki ochiq suhbatlashish), chunki ittifoq ichida juda ko‘p muammolar mavjud: harbiy va harbiy-siyosiydan iqtisodiy muammolargacha. Bundan tashqari, bu yil juda qiyin yil bo‘ldi”, deydi Lukashenko.

Prezidentning ta’kidlashicha, bu yil jahon iqtisodiyoti qulab tushdi, inqiroz esa YeOII ittifoqiga ham ta’sir ko‘rsatdi.

“Ushbu holatdan chiqish yo‘li juda qiyin bo‘ladi. Shuning uchun atrofda o‘ta jiddiy vaziyat mavjud va biz ushbu muammolarni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlari bilan yuzma-yuz muhokama qilishni istaymiz”, deya ta’kidladi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi yuzasidan yakuniy qarorni qabul qilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning Ittifoqda “kuzatuvchi davlat” maqomida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topilgan. 

Shuningdek, joriy yilning 11 may kuni Oliy Majlis yuqori palatasi to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan hamkorligi masalasi ko‘rib chiqilgan. Munozara yakunida senatorlar O‘zbekiston Respublikasining YeOIIda “kuzatuvchi davlat” maqomida ishtirok etish taklifini ma’qullagan. 

Joriy yilning 4 sentyabr kuni YeIK kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Kengash a’zolari Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining O‘zbekistonga YeOII qoshida kuzatuvchi-davlat maqomini berish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ko‘rib chiqqan

Umidjon Nozimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Oliy Majlis Lukashenko Aleksandr Lukashenko EOII Evroosiyo Mixail Myasnikovich

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing