Armanistonda YeOIIdan çiqişdan boşqa tanlov yöq – Paşinyan

Olam

−

image

Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan Yevropada integratsiyalaşuv yölida respublikada Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan (YeOII) çiqişdan boşqa tanlov yöqligini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 5 noyabr kuni ötkazilgan brifingda söz oçdi.

“Uşbu bosqiçda bizda YeOIIdan çiqişdan boşqa çiqiş yöli yöq. Biroq jarayon şunday rivojlanmoqdaki, 2027–2028 yillarda biz rasman Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş jaryonini boşlaş iltimosi bilan YeIga murojaat qilamiz”, deydi Paşinyan.

Uning sözlariga köra, respublika YeOIIdan çiqişga tayyorgarlikni boşlamagan.

“Biz YeOIIdan çiqişga tayyorgarlikni boşlamadik, biz va’da qilganimizdek, xalqimizga muqobil variantlarni taklif qilişga tayyorlanyapmiz. Xalqimiz tanlov qiliş imkoniyatiga ega bölişi kerak. Biz YeOIIdan çiqmoqçi emasmiz, biroq bilasizki, uşbu tuzilma böyiça şeriklarimiz taşqi siyosiy kursimizni belgilaş va referendum ötkaziş masalasini kötarmoqda. Men ayni damda referendum ötkaziş uçun asoslar yöqligini ma’lum qildim. YeOIIdan çiqiş va YeIga kiriş böyiça referendum ötkazişdan avval muayyan protseduralardan ötiş kerak. Biz uşbu yöldan bormoqdamiz. Men uçun jarayon 2027 yoki 2028 yilda Yevropa Ittifoqining tölaqonli a’zosi maqomini oliş jaryonini boşlaş uçun rasman ariza topşirişimizga qarab ketayotgani aniq”, deydi Nikol Paşinyan.

KXŞTdan çiqiş haqidagi savolga javoban Paşinyan şunday degan: 

“Bizning KXŞTdagi manfaatlarimiz tugaganini bir marotaba va bir umrga ma’lum qilmoqçiman”.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yevroosiyo hukumatlararo kengaşining Rossiya, Belarus, Qozoğiston va Qirğizistondan bölgan a’zolari Armanistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi a’zoligi töxtatilişining ehtimoliy oqibatlari töğrisida ma’ruza taqdim etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing