Armaniston sudyalar ittifoqi yangi konstitutsiya loyihasini tanqid qildi
Olam
−
840 3 daqiqa
Armaniston sudyalar ittifoqi yangi konstitutsiya loyihasining mamlakat sud tizimiga oid qoidalari tanqid ostiga olingan bayonot bilan çiqdi. Bayonot ittifoqning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.
“Loyihaning 85-moddasi bilan barça amaldagi sudyalarning maqomi “sudya vazifasini vaqtinça bajaruvçi”ga almaştiriladi, lavozimda qoliş esa siyosiy organlar tomonidan saylanadigan şaxslar tomonidan beş yil davomida ötkaziladigan qayta baholaş natijalariga boğliq qilib qöyiladi. Qayta baholaş komissiyasining barça a’zolari parlament tomonidan saylanadi, komissiya xulosalari esa bevosita sud tartibida qayta körib çiqilmaydi. Ta’kidlaş joizki, keyinçalik şikoyat qilişning har qanday mexanizmi, şu jumladan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qiliş imkoniyati ham bunday mexanizm tomonidan sudyalarning almaştirilmasligi va mustaqilligining fundamental kafolatlariga solinadigan tahdidni heç qanday tarzda neytrallaştira olmaydi”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilişiça, Oliy sud kengaşining barça 10 nafar a’zosini saylaş parlamentga yuklatilgan, Sudyalar umumiy yiğilişi zimmasida esa faqat sudyalikka a’zo nomzodlarni körsatiş vakolati qolmoqda. Sudyalar ittifoqining ta’kidlaşiça, sudyalar mustaqilligiga nafaqat bunday qoidalarning qabul qilinişi ehtimoli, balki amaldagi sudyalarning almaştirilmasligi va öz lavozimida uzluksiz faoliyat yuritişi kafolatlarini şubha ostiga qöyuvçi taşabbuslarning oliy davlat darajasida ilgari surilişi ham xavf tuğdiradi.
“Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oşirişning heç qanday maqsadi amaldagi sudyalarni yalpi qayta baholaşni, ularning lavozimda qolişi böyiça konstitutsiyaviy kafolatlarni bekor qilişni oqlay olmaydi. Xalqaro tajriba ham buni tasdiqlaydi. Sudyalarning almaştirilmasligi va sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy kafolatlari siyosiy maqsadga muvofiqlikka böysundirilişi mumkin emas, ularning çeklanişi esa konstitutsiyaviy islohotlar ötkaziş zarurati bilan oqlanmaydi”, deyiladi bayonotda.
Ittifoq sudlar va sudyalar mustaqilligining konstitutsiyaviy kafolati sifatida Oliy sud kengaşini mazkur qoidalarga yöl qöyib bölmasligini ommaviy ravişda e’lon qilişga, ularni olib taşlaşni talab qilişga va amaldagi sudyalarning öz lavozimida uzluksiz qoliş kafolatlarini himoya qiliş uçun zarur çoralarni körişga çaqiradi. Şuningdek, nufuzli xalqaro taşkilotlar sud hokimiyati mustaqilligiga tahdid soluvçi uşbu taşabbusga e’tibor qaratişi kutilmoqda.
Loyihani işlab çiqiş va muhokama qiliş jarayonida sud hokimiyati vakillari tegişli tarzda iştirok etmagani, bu jarayonda birorta ham sudya qatnaşmagani alohida ta’kidlangan.
Yangi konstitutsiya
Joriy yilning 23 noyabr kuni Armaniston hukumati mamlakatning yangi konstitutsiyasi loyihasini e’lon qildi. Hujjatda Toğli Qoraboğ va Usmonli imperiyasidagi armanlar genotsidining xalqaro miqyosda tan olinişi haqidagi eslatmalarni öz içiga olgan Mustaqillik deklaratsiyasi keltirilgan daxlsiz muqaddima mavjud emas. Bundan taşqari, davlat va Arman apostol çerkovi (AAÇ) örtasidagi munosabatlarni tartibga soluvçi modda ham özgartirilgan. Hujjatda mamlakatdagi siyosiy kuçlar faoliyati, fuqarolikdan mahrum qiliş imkoniyati va boşqa masalalar bilan boğliq jiddiy özgarişlar örin olgan.
Mamlakat Boş vaziri Nikol Paşinyan matn e’lon qilinganidan söng fuqarolarga yöllagan murojaatida özgarişlar yuzasidan avval aytgan fikrlarini yana bir bor takrorlab, Mustaqillik deklaratsiyasi “nizoli xususiyatga” ega bölgani sababli yangi matndan çiqarib taşlanganini ma’lum qildi. U, şuningdek, muxolifatga hujjatni plebissitga (umumxalq ovoz berişiga) qöyişda hukumatga kömaklaşişni yana bir bor taklif qilib, agar xalq referendumda yangi konstitutsiyani rad etsa “ketişini”, yoki fuqarolar yangi asosiy qonunni ma’qullasa, keyingi saylovlarda Boş vazir lavozimiga da’vogarlik qilişdan voz keçişini va’da qildi.
Live
Barçasi