Armanistonning Yevropaga oğişi nimalarga olib keladi?
Tahlil
−
19:35 770 9 daqiqa
Ukrainaning Rossiya kölankasidan qoçişga intilişi nimalarga olib keldi? Bu savolning javobi barçaga ma’lum bölsa kerak. 4 yildan beri tinmay kelayotgan uruş Moskva hamda Kiyevni holdan toydirgan.
Endi esa Yerevan ham Yevropa tomon oşiqmoqda. Armaniston yillar davomida Rossiyaning Janubiy Kavkazdagi eng yaqin ittifoqçilaridan biri bölib kelgan. Biroq Toğli Qoraboğ mojarosi, Rossiyaning mintaqadagi xavfsizlik kafolatlariga nisbatan işonçning susayişi va Yerevanning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni mustahkamlaşga urinişi uzoq yillik döstlik riştalari darz ketişiga sabab böldi.
Moskva ham Yerevanning Yevropaga intilişiga şunçaki jim qarab turmoqçi emas. Avvaliga Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotidan (KXŞT) “quviş” bilan tahdid qilgan Rossiya endi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) riçagidan foydalanmoqçi. 2026 yilning oktyabrida YeOII doirasida Armanistonning taşkilotdagi a’zoligini töxtatiş ehtimoliy oqibatlariga bağişlangan ma’ruza taqdim etildi. Unda Yerevan uçun jiddiy iqtisodiy yöqotişlar prognoz qilinib, mamlakatning yalpi içki mahsuloti 15,6 foizga qisqarişi mumkinligi aytilgan. Yerevan esa ortga qaytmoqçi emas.
Xöş, Yevropa Ittifoqiga yaqinlaşiş Yerevanga yangi siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlar oçadimi yoki Rossiya bilan mavjud aloqalarning uzilişi mamlakat uçun oğir oqibatlarni keltirib çiqaradimi? Armaniston haqiqatan ham Ukraina yölidan bormoqdami va eng muhimi, ssenariy takrorlanişi mumkinmi?
KXŞT va Armaniston
Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) yoki boşqaça qilib aytganda, Rossiyaning NATOsi özining ğarbdagi analogi kabi a’zo davlatlarning xavfsizligini ta’minlaş va taşqi tahdidlar yuzaga kelganda hamkorlik qiliş maqsadida taşkil etilgan harbiy tuzilma hisoblanadi. Hozirda taşkilot tarkibiga Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston kiradi. Garçi Armaniston hamon uning rasmiy a’zosi hisoblansa-da, 2024 yil fevralidan buyon taşkilotdagi iştirokini muzlatib qöygan. Bunga esa Qoraboğ uruşlari davrida na Rossiyaning va na köp maqtalgan KXŞTning yordamga kelmagani sabab böldi.
Buni Armaniston oçiq aytib keladi. Mamlakat boş vaziri Nikol Paşinyan şu yilning 1 aprel sanasida Putin bilan uçraşganda ham taşkilot 2022 yilda yuzaga kelgan vaziyatda öz mexanizmlarini işga solmaganini ta’kidlab, Putinni oçiq-oydin tanqid qildi.
“KXŞT mexanizmlari işlaşi kerak edi, lekin ular işlamadi. Bu esa, albatta, KXŞT bilan munosabatlarimizdagi hozirgi holatga olib keldi. Biz hozir KXŞT işida oddiy sababga köra qatnaşmayapmiz: biz hanuzgaça xalqimizga, fuqarolarimizga nima uçun KXŞT reaksiya bildirmaganini va Kollektiv xavfsizlik şartnomasidagi majburiyatlarga zid ravişda harakat qilmaganini tuşuntiriş holatida emasmiz”, deydi Paşinyan.
Armanistonning uşbu tarixiy travmasi uni Yevropadan yangi döst izlaşga undadi. 2023 yilda Armaniston mudofaa vaziri Suren Papikyan va Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu Parijda birinçi rasmiy harbiy şartnomalarni imzoladi. Unga köra, havo mudofaasini kuçaytiriş uçun “Thales” kompaniyasidan 3 ta zamonaviy Ground Master 200 (GM200) radar tizimi, qisqa masofali Mistral zenit-raketa majmualari va qator harbiy anjomlarni Armanistonga sotişga kelişib olindi.
Qisqa vaqt içida nafaqat Yevropa, balki AQŞ ham Yerevanga harbiy hamkor sifatida maydonga çiqa boşladi. AQŞ va Armaniston harbiylari örtasida xalqaro tinçlikparvar missiyalarga tayyorgarlik köriş doirasida har yili ötkaziladigan qöşma harbiy maşğulotlar töğrisida kelişuvlar imzolanib, Eagle Partner 2023 va Eagle Partner 2024 qöşma maşqlari amalga oşirildi.
Ğarbga yaqinlaşiş öz navbatida Rossiya bilan aloqalarga, şu jumladan, Armanistonning KXŞTdagi faoliyatiga ham ta’sir etardi. Moskva undan bir tomonni aniq tanlaşni, aks holda taşkilotdan quvilişi mumkinligini ta’kidlardi.
“Armanistonning KXŞT byudjeti oldidagi qarzdorligi ikki yildan oşib ketdi – bu vaziyat taşkilot ustavida közda tutilgan va biz bugun KXŞT ustavining tegişli moddasini işga solişni körib çiqişga kelişib oldik”, deydi Lavrov.
Bunday “pöpisa”ga javoban Paşinyan Armanistonning KXŞTdan çiqişini ma’qullaşi va hatto bundan mamnun bölişini bildirgan. Bundan taşqari, 4 iyun kuni saylovoldi debatida u KXŞTdan çiqiş ehtimolini oçiq tilga olgan edi. Unga taşkilotdagi iştirokni muzlatiş nimani anglatişi va nega hukumat KXŞTni tanqid qilsa ham a’zolikni saqlab qolayotgani haqida savol berilganida, Paşinyan javoban Armaniston zarur deb topsa, taşkilotni tark etişi mumkinligini aytgan. Joriy yilning 12–16 oktyabr sanalarida Belarusda bölib ötgan qöşma harbiy maşğulotlarda ham Armaniston iştirok etmadi.
Şundan buyon Yerevan va Moskva “it-muşuk” bölib qoldi. Rossiya garçi Armanistonni KXŞTdan çiqarib yuboriş bilan tahdid qilsa-da, bunga heç qöl urmasdi. Paşinyan ham mamlakat taşkilotdagi faoliyatini tugatişdan qörqmasligini ta’kidlamoqda, ammo Yerevanning özi ham rasman çiqiş da’vosi bilan çiqqaniça yöq. Qisqa qilib aytganda, KXŞT Rossiya uçun qörqitiş mexanizmi, Armaniston uçun esa muvozanat saqlaş vositasi bölib qoldi.
Armaniston va YeOII
KXŞT bilan munosabatlarini muzlatib qöygan, “xohlasang, çiqarib yuboraver” degan Armaniston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi faoliyati masalasiga kelganda ança ehtiyotkor harakat qilmoqda. Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti Yerevan kutgan xavfsizlik kafolatlarini bera olmagan bölsa, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Armaniston iqtisodiyoti uçun muhim bozor, savdo yönalişi va daromad manbai bölib qolmoqda. Şu bois mamlakat rahbariyati Rossiya bilan siyosiy kelişmovçiliklarga beparvolik bilan yondaşayotgan bölsa-da, iqtisodiy aloqalarni uziş haqida hozirça u qadar qat’iy bayonotlar bermayapti.
YeOII – 2015 yilda taşkil etilgan, Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozoğiston va Qirğizistonni birlaştirgan iqtisodiy integratsiya taşkiloti. Uning asosiy vazifasi a’zo davlatlar örtasida tovarlar, xizmatlar, kapital va işçi kuçining erkin harakatlanişini ta’minlaş, umumiy bozorni şakllantiriş hamda savdo tösiqlarini kamaytirişdan iborat. Qisqa qilib aytganda, Yevropa Ittifoqiga havas qilgan Rossiya YeOIIga asos solgan. Ammo ğarbdagi “kumiri”dan farqli ravişda, YeOII tor doirada, asosan savdo munosabatlarini yölga qöyişnigina qamrab oladi. Bundan taşqari, taşkilotning Yevropa Ittifoqida bölgani kabi yagona valyutasi mavjud emas, bojxona tösiqlari ham töliq olib taşlanmagan.
Şunga qaramay, Armaniston KXŞTdan çiqiş ehtimolini bir neça bor oçiq muhokama qilgan bölsa-da, YeOII masalasida hozirça bunday qat’iy pozitsiyani egallamadi. Aksinça, Yerevan Rossiya bilan yuzaga kelayotgan qator savdo kelişmovçiliklarini aynan şu taşkilotning mexanizmlari orqali hal qilişga urinmoqda. Armaniston Iqtisodiyot vaziri Gevorg Papoyan Rossiyaning mamlakat mahsulotlariga nisbatan çeklovlarini noqonuniy savdo tösiqlari deb atab, YeOII komissiyasiga murojaat qilganini bildirgan.
“Rossiyaning bizga nisbatan qöyilgan çeklovlarini noqonuniy deb hisoblaymiz. Agar bu çeklovlar tösiq sifatida tan olinsa, Rossiya YeOII tartiblariga muvofiq ularni 30 kun içida olib taşlaşi şart”, degan vazir.
Şu yilning 21 oktyabr kuni mojaro yangi bosqiçga çiqdi. Şu kuni e’lon qilingan Rossiya, Belarus, Qozoğiston va Qirğiziston vakillari tomonidan tayyorlangan hisobotda Armanistonning YeOII a’zoligini töxtatiş yoki mamlakatning Yevropa Ittifoqiga yaqinlaşişi oqibatlari baholangan. Hujjatda Yerevan uçun jiddiy iqtisodiy yöqotişlar prognoz qilinib, yalpi içki mahsulot 15,6 foizga qisqarişi, inflyatsiya bazaviy prognozga nisbatan 14,9 foiz bandga oşişi va iste’mol 14,6 foizga kamayişi mumkinligi aytilgan. YeOII mamlakatlari bilan umumiy savdo hajmi esa 55,6 foizga tuşişi, Rossiya gazining narxi ming kub metr uçun 177,5 dollardan 300 dollargaça kötarilişi mumkinligi ham alohida qayd etilgan. Bundan taşqari, prognozlarga köra, bojxona tölovlari va tekşiruvlar qayta joriy etilişi, Armaniston fuqarolarining ittifoq mamlakatlarida işlaşi uçun şaroitlar murakkablaşişi mumkin.
Biroq armanlar otdan tuşsa ham, egardan tuşgisi yöq körinadi. Mamlakat Iqtisodiyot vaziri Papoyan prognozlarni börttirilgan deb atab, mamlakatdagi hisob-kitoblarga köra, ehtimoliy iqtisodiy ta’sir atigi 0,61 foiz atrofida bölişi mumkinligini bildirgan.
Mojaroning boşqa bir muhim jihati – Rossiyaning Armaniston mahsulotlariga nisbatan çeklovlari. Moskva 2026 yilning mayidan boşlab Armanistonda işlab çiqarilgan qator qişloq xöjaligi va boşqa mahsulotlarning Rossiya bozoriga kirişini çekladi. Bu esa Yerevanning Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlaşiş siyosatiga Moskva tomonidan oçiqçasiga bildirilgan javob böldi. Ma’lumotlarga köra, ayni vaqtda Yevropa Ittifoqi Armaniston eksportining qariyb 80 foiziga taalluqli mahsulotlar uçun tariflarni ikki yilga yumşatgan. Bu esa, öz navbatida, Armaniston uçun YeOIIning muqobili şakllantirilayotganini anglatadi.
Şunga qaramay, Armaniston uçun YeOII bilan aloqalarni uziş oson emas. Rossiya bozori mamlakat eksporti uçun muhim yönalişlardan biri, YeOII doirasidagi mehnat migratsiyasi esa köplab armanistonliklar uçun daromad manbai hisoblanadi. Gaz narxining oşişi va bojxona tösiqlarining qaytişi ham aholi, ham biznesga qöşimça bosim ötkazişi mumkin.
Aynan şu tufayli Armaniston taşkilotdagi a’zoligini saqlab qoliş uçun jon kuydirmoqda. 22 oktyabr kuni mamlakat boş vaziri Nikol Paşinyan YeOIIdan quviş faqat Rossiyaning qölida emasligini ta’kidlab, taşkilot a’zolari boşqa a’zo davlatni çiqarib yuboriş huquqiga ega emasligini aytar ekan, buni Armanistonni mustaqilligidan mahrum qilişga yana bir uriniş sifatida talqin etdi.
“Tariximizda birinçi marta “metropoliya” bizni öziga tortmayapti. Aksinça, u “Biz sizni itarib yuboramiz”, deyayotganga öxşaydi. Maqsad Armanistonda içki siyosiy beqarorlikni keltirib çiqarişdir. Natijada, ular Armaniston davlatini nazorat ostiga oliş niyatida. Boşqaça qilib aytganda, ular Armanistonni mustaqilligidan mahrum qilmoqçi – avval de-fakto, keyin esa de-yure”, degan u.
Haqiqatda YeOII Rossiyaning Armanistonga bosim ötkaziş uçun qöllagan navbatdagi vositasi bölişi mumkin. KXŞTga ehtiyoji yöq Yerevan iqtisodiy masalada hali tölaqonli Yevropa bozorlariga integratsiya böla olgani yöq. “Yevropa Ittifoqi Armanistonni quçoq oçib qabul qiladimi?” degan savol ham ayni damda örinli. Bundan oldinroq şunday qiziqiş bildirgan Ukrainaga Yevropa alyansi faqatgina “assotsiatsiyalaşgan a’zolik”ni taklif qilgani ham heç kimga sir emas. Tabiiyki, Ukraina kabi Armaniston ham bunday maqomdagi iştirokka qanoat qilmasa kerak.
Xöş, Paşinyan endi nima qiladi? Katta ehtimol bilan öz yölida davom etadi. Yevropa tomon intiliş uning Rossiya va u boşçiligidagi koalitsiyalarga boğlanib qolgan sohalarini diversifikatsiya qilişga yordam beradi. Moskva esa Ukraina bilan uruşdan yaxşigina saboq çiqargani aniq. Yana bir harbiy konflikt na Yevropaga va na Rossiyaga kerak. Armaniston esa faqat va faqat erkinlik va işonçli savdo aloqalarini istaydi, xolos.
Live
Barchasi