Lukashenko Turkiyaga “qochdi...mi”?
Olam
−
12 avgust 2020 36142 1 daqiqa
Oltinchi bor Belarus Respublikasi Prezidenti lavozimini egallagan Aleksandr Lukashenko Turkiyaga kelgan. Bu haqda Turkiya ommaviy axborot vositalari bong urmoqda.
Prezident Lukashenko o‘tirgan EW-301PJ samolyoti mamlakatni tark etib, Turkiyaning Dalaman shahriga borib qo‘ngan. Biroz avval esa uning Moskvaga qochgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida 26 yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko ham ishtirok etib, 84,23 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi. Bu esa mamlakatda, ayniqsa, poytaxtda namoyishlarga sabab bo‘ldi.
3 kundirki, namoyishlar davom etmoqda. Hukumat Minskda namoyishchilarni tarqatish uchun OMON bo‘linmasini ishga solyapti. Ko‘chalarda aholi va huquq-tartibot organi xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lyapti.
Ko‘plab odamlar hibsga olingan. Ularning orasida jurnalistlar ham bor.
Live
Barchasi