“Hech kim bilmasdi”. Lukashenko kenja o‘g‘li armiyada xizmat qilayotganini aytdi
Olam
−
17:55 1172 2 daqiqa
Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoning kenja o‘g‘li Nikolay mamlakat armiyasida harbiy xizmatni o‘tamoqda. Bu haqda u bugun, 11 sentyabr kuni jurnalistlarga ma’lum qildi.
Nikolay Lukashenko leytenant unvonida xizmat qilmoqda. Otasining so‘zlariga ko‘ra, kenja o‘g‘lining harbiy xizmatga chaqirilganini ilgari hech kim bilmagan.
“Kenja o‘g‘lim allaqachon armiyada xizmat qilyapti. Hatto hech kim bilmas ham edi. Viktor (Mudofaa vaziri Viktor Xrenin. — tahr. izohi) chaqirdi. Qonun-qoidaga muvofiq, hamma kabi armiyada xizmat qilyapti. Leytenant. Qayerdaligini aytmayman, lekin eng murakkab bo‘linmada”, deydi Belarus rezidenti.
Aleksandr Lukashenko Nikolay bir vaqtning o‘zida bo‘sh vaqtida biotexnologiyalarni – oliy o‘quv yurtida ta’lim olgan asosiy mutaxassisligini yanada chuqurroq o‘rganishga e’tibor qaratayotganini aytgan.
Qayd etish joiz, Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoning o‘zi 1975-1977 yillarda chegara qo‘shinlarida xizmat qilgan. Bundan tashqari, turli yillarda uning to‘ng‘ich va o‘rtancha o‘g‘illari – Viktor va Dmitriy ham yashil furajka (chegarachilar bosh kiyimi) kiygan. Ikkalasi ham Belarus davlat universitetining (BDU) xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan. U yerda harbiy kafedra mavjud.
Viktor Lukashenko oliy o‘quv yurtini tamomlagach, leytenant unvoniga ega bo‘lgan, shunga qaramay armiyaga borishga qaror qilgan. U noqonuniy migratsiya va kontrabandaga qarshi kurashuvchi bo‘linmada xizmat qilgan. Keyinchalik, 2003 yilda, davlat rahbarining o‘rtancha o‘g‘li Dmitriy ham aynan o‘sha yerda harbiy xizmatni o‘tagan.
Live
Barchasi