Lukashenko G‘arb diplomatlarining Belarusdagi faoliyatini fashizmga taqqosladi
Olam
−
16 aprel 2022
5477G‘arb diplomatlarining Belarusdagi faoliyati “allaqachon fashizmga o‘xshab qolgan”. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ta’kidladi.
“Qachondir men buni qilaman. Hamma narsani umumlashtiraman va sizga ular bu yerda nima qilayotganini aytib beraman. Siz dahshatga tushasiz. Bular endi natsistlar ham emas, ularning Belarusda qilayotgan ishlari allaqachon fashizmga o‘xshab qolgan. Buni Belarusga nisbatan sanksiyalar va bosimlardan ko‘rish mumkin”, degan Lukashenko “Xatin” davlat yodgorlik majmuasiga tashrifi chog‘ida.
Avvalroq, Lukashenko Rossiya Belarusning ittifoqchisi ekanini aytib, Minsk har qanday qiyinchiliklarda ham u bilan birga bo‘lishini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi