Belarus burgaga achchiq qilib, ko‘rpa kuydiryapti
Olam
−
16 aprel 2022
26940Belarus hukumati Yevropa Ittifoqi (YeI) avtomobillarini mamlakatga olib kirishni taqiqladi. Bu haqda Belarus Transport vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOI) bojxona chegarasi orqali respublika hududiga avtotransport vositalarini olib o‘tishni taqiqlash bugun, 16 aprel kuni soat 00:00 dan boshlab amal qiladi.
Shu bilan birga, hokimiyat bir nechta istisno holatlarni taqdim etgan. Jumladan, YeIdan transport vositalariga muayyan nazorat-o‘tkazish punktlari orqali yuk operatsiyalari va tirkamalar uchun maxsus ajratilgan joylardan mamlakatga kirishiga ruxsat beriladi. Bu nuqtalarda tovarlar Belarus va Rossiya avtomobillariga qayta yuklanadi.
Bu kabi joylarning ro‘yxati allaqachon tuzilgan, ammo Belarus Transport vazirligi kelajakda uni kengaytirish mumkinligini urg‘ulagan. Boshqa shunga o‘xshash punktlar departament bilan kelishilgan holda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Shuningdek, 23 aprelga qadar ushbu cheklov YeIda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin belgilangan muddatdan avval mamlakatga kirgan avtomobillarga taalluqli emas. Bundan tashqari, pochta va tirik hayvonlarni tashuvchi transport vositalari cheklovlarsiz ishlaydi.
Avvalroq, Belarus hukumati qator muhim oziq-ovqat mahsulotlarini respublika tashqarisidan olib chiqishga qat’iy cheklovlar o‘rnatgandi.
LiveBarchasi