Lazizbek Mullojonov ham Olimpiada chempioniga aylandi
Sport
−
10 avgust
11181Fransiyada o‘tkazilayotgan yozgi Parij-2024 Olimpiada o‘yinlaridagi bahslar tobora oxirlab bormoqda. Boks bo‘yicha final uchrashuvida 92 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Osiyo chempioni, harbiylar o‘rtasida jahon chempioni, 2022 yilgi jahon chempionati bronza medali sovrindori o‘zbekistonlik Lazizbek Mullojonov asli kubalik bo‘lgan Ozarbayjon vakili Alfredo Domingezga qarshi ringga ko‘tarildi.
Qizg‘in o‘tgan jangda Lazizbek Mullojonov g‘alabaga erishdi va O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi.
Mullojonovning g‘alabasidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasining turnirdagi medallari soni 8 taga yetdi - 5 ta oltin va 3 ta bronza.
Biroz oldin boks bo‘yicha final uchrashuvida -71 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Meksika vakili Marko Alonso Verde Alvaresga qarshi ringga ko‘tarilgandi va uni mag‘lub etib, Parij Olimpiadasining oltin medaliga ega bo‘lgandi.
Shuningdek, -51 kg vaznda hal qiluvchi jangda Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov oltin medal uchun jangda mezbonlar bokschisi Bennama Bilolga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alaba qozondi va ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi.
LiveBarchasi