Tarix yozildi! O‘zbekiston ikki karra Shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi
Sport
−
16:20 2500 1 daqiqa
Bugun, 27 sentyabr kuni shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston-1 jamoasi Ukraina bilan uchrashuv tugashidan oldin olimpiadadagi chempionlikni matematik jihatdan kafolatladi. Chunki Hindiston so‘nggi turda Vengriya bilan 2:2 durang o‘ynadi.
O‘zbekiston 10 turdan keyin Hindistondan bir ochko oldinda edi: 18 ga 17. O‘zbekiston musobaqaning dastlabki 7 turining barchasida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bahslarda Hindiston ustidan 2.5:1.5, Xitoy ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonildi. 8-turda Germaniya g‘alabali seriyani to‘xtatdi, ammo jamoa darhol o‘zini tikladi: 9-turda turnirning birinchi raqamli saralangan jamoasi — AQSH mag‘lub etildi, 10-turda esa Armaniston 3.5:0.5 hisobida taslim etildi.
Ukrainaga qarshi so‘nggi g‘alaba oltin medal masalasini hal qildi.
O‘zbekiston tarkibi:
Javohir Sindarov;
Nodirbek Abdusattorov;
Nodirbek Yoqubboyev;
Shamsiddin Vohidov;
Muhiddin Madaminov.
Jamoa sardori — sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov. Ushbu tarkibdagi to‘rt nafar shaxmatchi 2022 yilda Chennai Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan jamoada ham o‘ynagan.
O‘zbekiston shaxmatining so‘nggi uch Olimpiadadagi natijasi quyidagicha:
2022, Chennai — oltin;
2024, Budapesht — bronza;
2026, Samarqand — oltin.
Shu tariqa, O‘zbekiston ketma-ket uchta Shaxmat olimpiadasini medalsiz tark etmadi va to‘rt yil ichida ikkinchi bor “Open”bo‘limida jahonning eng kuchli terma jamoasi bo‘ldi.

Live
Barchasi