To‘rabek Habibullayev Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi
Sport
−
10:59 743 1 daqiqa
Bugun, 2 oktyabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bahslarida o‘zbekiston vakili To‘rabek Habibullayev ringga ko‘tarildi. U finalda xitoylik raqibiga imkon qoldirmadi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Boks bahslarida final bellashuvlari boshlandi. Dastlab -90 kg vazn toifasida To‘rabek Habibullayev final jangini o‘tkazdi. Xitoylik Xuejen Hanni bilan bahs olib borgan bokschi ajoyib g‘alaba bilan delegatsiya g‘aznasiga 17-oltin medalni taqdim qildi.
Qayd etish joiz, yana 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi final bahslarida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, hozirda Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi g‘aznasida 17 ta oltin, 21 ta kumush va 20 ta bronza medal bor. Ushbu natija reytingda 4-hisoblanadi. O‘zbekistondan yuqorida Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy o‘rin olgan.
Live
BarchasiTo‘qayev Putinni atoqli davlat arbobi deb atadi
29 Sentyabr