O‘zbekiston yoshlari robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Jamiyat
−
15:15 684 1 daqiqa
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida dunyoning 200 ga yaqin davlati vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tengsiz natija qayd etib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, mutlaq chempionlikka erishdi. Yosh muhandislar 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini qayd etdi.



FIRST Global Challenge – har yili dunyoning eng iqtidorli yuqori sinf o‘quvchilarini birlashtiruvchi noyob muhandislik olimpiadasidir. Bu yilgi global bellashuv sayyoraning eng dolzarb muammolaridan biri – o‘rmon yong‘inlarining oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish va tabiatni qayta tiklashga bag‘ishlangan.
Live
Barchasi