Osiyo o‘yinlari. Barnoxon Sayfullayeva oltin medalni qo‘lga kiritdi (video)
Sport
−
17:59 1719 1 daqiqa
Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik yengil atletikachi Barnoxon Sayfullayeva chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash bahslarida Barnoxon Sayfullayeva 1,90 metr natija bilan eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medalga ega chiqdi.
Ma’lumot uchun, hozirda Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi g‘aznasida 14 ta oltin, 17 ta kumush va 13 bronza medal bor. Ushbu natija reytingda 4-hisoblanadi. O‘zbekistondan yuqorida Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston sportchilar delegatsiyasi vakili – og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida dast ko‘tarish mashqida jahon rekordini o‘rnatib, musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi