Özbekiston MTJ sobiq futbolçisi vafot etdi
Sport
−
6722 1 daqiqa
Özbekiston terma jamoasining sobiq futbolçisi, 1994 yilgi Osiyo öyinlari ğolibi Sergey Lebedev 57 yoşida vafoti etdi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uçun, Sergey Lebedev 1994-2000 yillar davomida Özbekiston milliy terma jamoasi safida 33 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 10 ta gol urgan. U 1994 yilda Özbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo öyinlari çempioni bölgan. Şuningdek, ikki marta Osiyo Kubogida iştirok etgan. 2015 yilda esa “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Lebedev futbolçilik faoliyati davomida 1994 yilgi Osiyo öyinlari ğolibligidan taşqari Farğonaning “Neftçi” klubi safida beş marta Özbekiston çempioni bölgan.
Sergey Lebedev joriy yilning yozidan buyon Pro ligada iştirok etayotgan Farğona davlat universiteti (FarDU) jamoasida boş murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Live
Barçasi