2027 yilda MDHga raislik qilish O‘zbekistonga o‘tadi
Jamiyat
−
14:56 940 1 daqiqa
O‘zbekiston 2027 yil 1 yanvardan boshlab Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) organlariga raislik qiladi. Bu haqda bugun, 9 oktyabr kuni MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev Turkmanistonning Avaza shahrida bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari kengashi majlisida ma’lum qildi.
Lebedevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston so‘nggi yillarda Hamdo‘stlik doirasida faol va tashabbuskor pozitsiyani egallab kelmoqda.
“Umid qilamizki, 2027 yilda hech narsa O‘zbekistonga raislikni qabul qilishiga va uni muvaffaqiyatli hamda natijali o‘tkazishiga xalaqit bermaydi”, deydi MDH Bosh kotibi.
MDHga raislik qilish mamlakatdan mamlakatga har yili, 1 yanvardan e’tiboran rotatsiya prinsipi asosida rus alifbosi tartibida o‘tadi. Vakolat muddati bir yildan oshmaydi.
Uzluksizlikni ta’minlash uchun amaldagi raisning hamisha ikkita hamraisi bo‘ladi – oldingi va keyingi. Rais yil kun tartibini shakllantiradi va asosiy tadbirlarni, jumladan, Davlat rahbarlari kengashi va Hukumat rahbarlari kengashini o‘z mamlakatida qabul qiladi. Agar mamlakat o‘z navbatidan voz kechsa, raislik alifbo bo‘yicha keyingi davlatga o‘tadi.
O‘zbekiston Hamdo‘stlikka ikkinchi marta raislik qiladi – ilk bor mamlakat MDHga 2020 yilda boshchilik qilgan va pandemiyaning murakkab sharoitiga qaramay, ushbu vazifani muvaffaqiyatli bajargan.
Live
Barchasi