3 dollarlik paypoq O‘zbekiston terma jamoasini diskvalifikatsiyadan qutqarib qoldi
Sport
−
10:56 2039 1 daqiqa
O‘zbekiston erkaklar voleybol terma jamoasi Osiyo o‘yinlari davomida sport kiyimiga qo‘yilgan talablarni to‘liq bajarmagani sababli diskvalifikatsiya qilinishi mumkin edi. Biroq Yaponiyadagi mahalliy do‘kondan 3 dollarga sotib olingan paypoqlar jamoani musobaqadan chetlatilish xavfidan saqlab qolgan. Bu haqda “Mainichi Shimbun” nashri xabar berdi.
O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa davomida Xalqaro voleybol federatsiyasining barcha o‘yinchilar kiyimi yagona uslubda bo‘lishi kerakligi haqidagi talabini bajarmagan. Ushbu qoida nafaqat formaga, balki paypoq ham formaga mos va bir xil bo‘lishi talab qilingan.
Voleybolchilar muammoni hal qilish uchun Yaponiyadagi FamilyMart do‘koniga borib, 3 dollarga oddiy paypoq sotib olgan. Qizig‘i shundaki, paypoqlardagi rangli chiziqlar O‘zbekiston davlat bayrog‘ining ranglariga mos kelgan. Bu esa jamoaga yagona ko‘rinishni saqlab qolish va ehtimoliy qoidabuzarlikning oldini olish imkonini bergan.
O‘zbekistonlik voleybolchilarning topqirligi ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi. Muxlislar ushbu voqeani qiziqarli holat sifatida baholamoqda. Keyinchalik FamilyMart savdo tarmog‘i vakillari ham vaziyatga munosabat bildirib, bunday voqeaning bir qismi bo‘lganidan mamnun ekanliklarini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston erkaklar voleybol terma jamoasi 2026 yilda Yaponiyaning Aychi va Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida Gonkong terma jamoasini mag‘lub etgan va musobaqani 15-o‘rinda yakunlagan edi.
Live
Barchasi