Jorjino doping sababli ikki yilga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin – OAV
Sport
−
09:40 340 2 daqiqa
“Chelsi” va “Arsenal”ning sobiq yarim himoyachisi, ayni paytda “Flamengo” safida to‘p surayotgan Yevropa chempioni Jorjinoning dastlabki doping-testi ijobiy natija berdi. Endilikda futbolchi ikki yilga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda “Pilhado” ma’lum qildi.
34 yoshli futbolchi yaqin kunlarda qayta doping-testidan o‘tkaziladi. Agar dastlabki natija tasdiqlansa, italiyalik yarim himoyachi olti oydan ikki yilgacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
“TyC Sports” nashrining xabar berishicha, Jorjinoda doping-test natijasi “Flamengo”ning Libertadores kubogidagi ishtiroki yakunlanganidan keyin aniqlangan. Biroq hozircha ushbu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.
Kecha, 23 oktyabr kuni “Flamengo” Libertadores kubogi yarim finalida “Estudiantes”ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Jorjino ham penaltilar seriyasida zarba yo‘lladi, ammo o‘z urinishini golga aylantira olmadi.
Joriy yilning 27 oktyabrga belgilangan qayta test natijalari ishning keyingi jarayoni va futbolchiga nisbatan ehtimoliy sport sanksiyalarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumot uchun, Jorjino 2025 yilning yozida “Flamengo”ga qo‘shilgan. U faoliyati davomida “Arsenal”, “Chelsi”, “Napoli” va “Verona” klublarida ham o‘ynagan. “Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 3,5 million yevroni tashkil etadi. Uning “Flamengo” bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Live
Barchasi23 Oktyabr