Endi qonidan narkotik topilgan sportchilar vaqtincha diskvalifikatsiya qilinmasligi mumkin
Sport
−
14:48 372 1 daqiqa
2027 yil 1 yanvardan boshlab doping-test natijalarida giyohvand moddalar aniqlangan sportchilarga nisbatan ish ko‘rib chiqilgunga qadar vaqtinchalik diskvalifikatsiya chorasi qo‘llanilmasligi mumkin. Bu haqda Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) natijalarni boshqarish departamenti rahbari o‘rinbosari Anna Maurcheva Istanbulda bo‘lib o‘tgan xalqaro antidoping simpoziumida ma’lum qildi.
“Eng katta o‘zgarishlar vaqtinchalik diskvalifikatsiya sohasida yuz berdi. Masalan, giyohvand moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq holatlarda vaqtinchalik diskvalifikatsiya bekor qilindi. Hozirgi qoidalarga ko‘ra, kokain aniqlangan holatlarda sportchini vaqtincha diskvalifikatsiya qilishimiz shart. 2027 yildan boshlab esa bunday chorani qo‘llash talab etilmaydi”, deydi Maurcheva.
Xalqaro antidoping simpoziumi hamda BRIKS+ mamlakatlari va hamkorlari sportida dopingga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan munozara klubi 15-16 oktyabr kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tdi. Simpoziumning asosiy mavzusi 2027 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan yangilangan antidoping qoidalariga o‘tish bo‘ldi.
Live
Barchasi