Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempionlarini mukofotladi

Jamiyat

−

image

Avvalroq, Janubiy Koreyaning Incheon shahrida dunyoning 200 ga yaqin davlati vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tengsiz natija qayd etib, jahon chempionligini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan edi. Bugun, 13 oktyabr kuni “Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni e’lon qilindi. 

Farmon bilan davlat rahbari xalqaro robototexnika musobaqasida dunyoning 190 ga yaqin mamlakatidan kelgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida rekord natijaga erishgan yoshlarni mukofotladi.

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

  • Ziyodulla Zoirjon o‘g‘li Bo‘taxonov – Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysi.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

  • Ibroxim Uktamovich Salomov – Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori;
  • Abdullox Abdug‘ofur o‘g‘li Abdujabborov – Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi texnik murabbiysi;
  • Shoxruxbek A’zamjon o‘g‘li Akbarov – Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
  • Akbarshox Anvar o‘g‘li Kosimov – Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
  • Ayubxon Anvar o‘g‘li Miraxmedov – Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
  • Umarbek Sherzod o‘g‘li Pardayev – Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
  • Shukrullo Sherali o‘g‘li Sodiqov – Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
  • Mahkambek Teshaboyev – Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
  • Safina Teshaboyeva – Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi menejeri;
  • Jasurbek Rustamjon o‘g‘li Tojiqo‘ziyev – Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
  • Bahodir Doniyorovich O‘rmonov – Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
  • Xondamir Doniyorovich O‘rmonov – Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;
  • Hasanxon Alisher o‘g‘li Yusupxo‘jayev – Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi menejeri.

Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing