Taxmina Ikromova uch karra Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi

Sport

−

image

Bugun, 3 oktyabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida Taxmina Ikromova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa u uch karra Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda sportchi Taxmina Ikromova yakkalik mashqi dasturlarida jami 112.950 ball bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, hozirda Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi g‘aznasida 21 ta oltin, 23 ta kumush va 23 ta bronza medal bor. Ushbu natija reytingda 4-hisoblanadi. O‘zbekistondan yuqorida Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing