“Krokus”da ishlagan barcha xorijliklarning teraktga aloqadorligi tekshirila boshlandi

Olam

image

Rossiya Tergov qo‘mitasi “Krokus Siti Holl” konsert zalining barcha xorijlik xodimlarining teraktga aloqadorligini tekshirmoqda. Bu haqda “Baza” Telegram-kanali xabar berdi.

“Baza”ning aniqlik kiritishicha, Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbariyati tergovchilarga “Krokus”da ishlayotgan barcha xorijliklarni qayta so‘roq qilish haqida ko‘rsatma bergan.

Shuningdek, Tergov qo‘mitasi xodimlari muhojirlarning Rossiyada qancha vaqt bo‘lganini va qanday sharoitda konsert zalida ishga joylashganini aniqlashi kerak bo‘ladi.

Qayd etilishicha, asosan Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmaniston fuqarolari tekshiriladi.

Manbaga ko‘ra, dastlabki so‘roq paytida tergovchilar “Krokus”da ishlagan ko‘plab xorijliklar mamlakatda noqonuniy bo‘lishi mumkinligini aniqlagan va migratsiya qonunchiligini buzgan holda hujjatlarni olgan.

Moskva viloyatidan migrantlarga uy-joy ijaraga bergan uy egalari ham Tergov qo‘mitasi vakillarining savollariga javob berishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 22 mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl”ning konsert zalida bir guruh qurollangan shaxslar otishma boshlagan, keyin esa o‘t qo‘ygan. ISHIDning "Viloyat Xuroson" nomli yacheykasi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Rossiya rasmiylari terakt ortida Ukraina turganini da’vo qilmoqda. FXX dastlab teraktga aloqadorlikda gumon qilingan 11 kishini qo‘lga olganini ma’lum qildi. Hibsga olinganlardan to‘rt nafari Tojikiston fuqarosi haqida xabar berildi. FXX 31 mart kuni Dog‘istonda terakt tayyorlashda gumon qilingan to‘rt nafar xorijlikni qo‘lga oldi. Hibsga olinganlardan biri terakt ishtirokchilariga qurol va pul berganini aytdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia qurbonlari soni 144 nafarga yetgan, 551 kishi jarohat olgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Moskva sudi "Krokus" konsert zaliga hujum qilishda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi Yoqubjon Yusufzodani hibsga olgandi. Keyinchalik FXX xodimlari Moskva, Yekaterinburg va Omsk shaharlarida teraktga aloqadorlikda gumon qilingan uch nafar shaxsni qo‘lga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

terakt Krokus Siti Holl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing