Moskvadagi teraktda gumonlangan yana uch kishi qo‘lga olindi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari Moskva, Yekaterinburg va Omsk shaharlarida “Krokus Siti Holl”dagi teraktga aloqadorlikda gumon qilingan uch nafar shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya FXXning Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar berdi.

“Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati Moskva, Yekaterinburg, Omsk shaharlarida 2024 yil 22 mart kuni “Krokus Siti Holl”da sodir etilgan teraktga aloqador bo‘lgan Rossiya fuqarosi va ikki chet el fuqarosi – barchasi Markaziy Osiyo mintaqasidan kelgan muhojirlarni qo‘lga oldi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qo‘lga olinganlardan ikki nafari terrorchilik harakatida foydalanilgan o‘qotar qurol va avtomashinalarni sotib olish uchun pul o‘tkazgani, uchinchisi terrorchilik xurujiga sheriklarni yollash va uning ijrochilarini moliyalashtirish bilan bevosita shug‘ullangani aniqlangan.

Ma’lumot uchun, 22 mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl”ning konsert zalida bir guruh qurollangan shaxslar otishma boshlagan, keyin esa o‘t qo‘ygan. ISHIDning "Viloyat Xuroson" nomli yacheykasi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Rossiya rasmiylari terakt ortida Ukraina turganini da’vo qilmoqda. FXX teraktga aloqadorlikda gumon qilingan 11 kishini qo‘lga olganini ma’lum qildi. Avvalroq o‘n kishi hibsga olingani, jumladan, to‘rt nafari bevosita jinoyatchilar bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. FXX 31 mart kuni Dog‘istonda terakt tayyorlashda gumon qilingan to‘rt nafar xorijlikni qo‘lga olgani haqida xabar berdi. Hibsga olinganlardan biri terakt ishtirokchilariga qurol va pul berganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Moskva sudi "Krokus" konsert zaliga hujum qilishda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi Yoqubjon Yusufzodani hibsga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva terakt Krokus Siti Holl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing