Kreml Putin va Kim Chen Inning uchrashishini tasdiqladi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yaqin kunlarda Rossiyaga boradi. Bu haqda bugun, 11 sentyabr kuni Kreml matbuot xizmat xabar berdi.

“KXDR Davlat ishlari raisi Kim Chen In yaqin kunlarda Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif bilan keladi”, deyiladi Kreml saytida.

Aniqlik kiritilishicha, safar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amalga oshirilyapti.
Shuningdek, Janubiy Koreyaning YTN telekanali hukumatdagi yuqori martabali manbaga tayanib, Kim allaqachon Pxenyandan Rossiyaga poyezdda jo‘nab ketganini xabar qilgan. Manbaga ko‘ra, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Buni Rossiya delegatsiyasi tarkibidagi boshqa bir manba ham tasdiqlagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, uchrashuv Sharqiy iqtisodiy forum doirasida bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “The New York Times” gazetasi AQSH rasmiylariga tayanib, KXDR va Rossiya rahbarlari 10-13 sentyabr kunlari Vladivostokdagi Uzoq Sharq federal universiteti kampusida bo‘lib o‘tadigan Sharqiy iqtisodiy forumda ishtirok etishini xabar qilgandi. Biroq 5 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni tasdiqlay olmasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Rossiya Vladimir Putin Kim Chen In Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing