Kreml Navalniyning zaharlanishi bilan bog‘liq ayblovlarga javob qaytardi
Olam
−
25 avgust 2020
10889Bloger Aleksey Navalniyning zaharlanishida rasmiy Moskvaning qo‘li borligi to‘g‘risidagi fikrlar noto‘g‘ri. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov muxolif siyosatchi Navalniyning zaharlanishida Kremlning qo‘li borligi haqidagi tanalarga shunday javob qaytardi.
Rossiya Hukumati Aleksey Navalniy bilan yuz bergan holat bo‘yicha tergov boshlashga shoshmayapti. Ular hatto zaharash bo‘lganini ham tan olmayapti. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun asos kerak, kamida nima bilan zaharlanganini aniqlash kerak bo‘ladi.
“Avval moddani topish kerak, bunga nima sabab bo‘lganini aniqlash zarur. Aniqrog‘i tekshiruv uchun asos bo‘lishi kerak. Hozircha biz siz bilan bemor komada ekanini aytyapmiz... Agar modda aniqlansa, agar bu zaharlash bo‘lsa, o‘shanda albatta, tergov uchun asos bo‘ladi”, degan Peskov.
Kreml hozirda Navalniyni zaharlangan emas, shunchaki, komada deb aytish to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblayapti. Peskov Navalniyning zaharlangani haqidagi xabarlarni “bo‘sh gap” deb atagan. U shuningdek, holatga darrov zaharlab deb qarayotganlarni tanqid qildi.
Kreml vakili nemis va rus shifokorlarining Navalniyga qo‘llayotgan usuli bir ekanini, ammo yakuniy xulosa farqli bo‘layotganini ta’kidlab o‘tdi.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi hozirda Berlindagi Charite klinikasida davolanayotgan Aleksey Navalniy bilan yuz bergan holat yuzasidan Rossiyani jiddiy tekshiruv o‘tkazishga chaqirgandi. Xususan, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va siyosat xavfsizligi bo‘yicha oliy komissari Jozep Borrel shunday chaqiriq bilan chiqqandi.
Germaniya kansleri Angela Merkel va GFR Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas ham sinchkovlik bilan surishtiruv o‘tkazish chaqirig‘i bilan chiqqandi.
Ma’lumot uchun, Aleksey Navalniy 20 avgustdan beri komada qolyapti. U Tomskdan Moskvaga uchayotganda tobi qochgandi. Uning safdoshlari siyosatchi zaharlanganini taxmin qilyapti.
U ikki sutka Omskdagi shifoxonada qolib ketdi. Shundan so‘ng, shifokorlar uni Berlinga ko‘chirishga ruxsat berdi. Navalniyning tarafdorlari shifokorlarning bunday harakatini organizmdagi zaharlash izlarini yo‘qotish uchun vaqtdan yutish deb baholadi.
Berlinga olib kelingach, nemis shifokorlari tahlillar o‘tkazib, Navalniy zaharlanganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi